I shamshidinov noorganik moddalar va
-§. Ammiak sintezi uchun azot-vodorod aralashmasi ishlab
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metan konversiyasi
1-§. Ammiak sintezi uchun azot-vodorod aralashmasi ishlab
chiqarish Sintetik ammiak ishlab chiqarishda azot va vodorod xomashyo sifatida ishlatiladi. Azot-vodorod aralashmasi olish uchun havo azot manbai vazifasini bajaradi. Vodorod olish uchun esa boshlang‘ich birikma sifatida metan, to‘yingan uglevodorodlar (neft va neft mahsulotlari) va suv ishlatiladi. Ammiak sintezi uchun kerak bo‘ladigan vodorod sanoatda quyidagi usullardan biri bo‘yicha olinadi: 1) metan va uning gomologlari konversiyasi; 2) is gazi konqersiyasi; 3) koks gazini siqish yo‘li bilan gazlar aralashmasidagi vodoroddan tashqari barcha komponentlarni ajratish; 4) suvni elektroliz qilish. Yaqin vaqtlargacha ammiak sintezi uchun ishlatiladigan vodorod qattiq yoqilg‘idan, uni gazlashtirish, so‘ngra CO konversiyasi (2-usul) orqali olingan. Hozirgi paytda boshlang‘ich xomashyo sifatida ko‘pincha gazlar (tabiiy gaz, yo‘ldosh gazlar, koks gazi) ishlatilmoqda. Metan konversiyasi. Ayrim konlarning tabiiy gazlari tarkibida ko‘p miqdorda metan bo‘ladi. Metan konversiyasi bilan vodorod yoki azot- 125 vodorod aralashmasi olish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab metanning konversiya jarayoni suv bug‘i va kislorod bilan quyidagi reaksiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: CH 4 + H 2 O ⇄ CO + 3H 2 – 206,4 kj 2CH 4 + O 2 ⇄ 2CO + 4H 2 + 71,2 kj Keyin is gazi konversiyasi quyidagi reaksiya bo‘yicha amalga oshiriladi: CO + H 2 O ⇄ CO 2 + H 2 + 41,0 kj So‘ngra gazlar aralashmasi CO 2 va is gazi qoldig‘idan tozalanadi. Ammiak sintezi uchun azot-vodorod aralashmasi olishda kerak bo‘ladigan azot havo kislorodi bilan metan konversiyasiga yoki tozalash bosqichida gazni yuvishda suyuq ammiak tarzida kiritiladi. Olinadigan azot-vodorod aralashmasida metan miqdori 0,5%dan ortmasligi kerak, chunki metan ammiak sintezi agregatlarida to‘planib boradi va ularda o‘tadigan jarayonni qiyinlashtiradi. Metan konversiyasi jarayoni umumiy holatda issiqlik yutilishi va hajm ortishi bilan sodir bo‘ladi, shuning uchun Le-Shatele prinsipiga muvofiq, haroratning ortishi va bosimning kamaytirilishi is gazi va vodorodning muvozanatdagi konsentratsiyasini oshishiga, metan miqdorining esa kamayishiga olib keladi. Shuningdek, gazlar aralashmasida suv bug‘i miqdorining ortishi ham metanning to‘la konversiyalanishiga olib keladi. Metan konversiyasi atmosfera bosimiga yaqin (1,7-1,9 atm) bosimda yoki yuqori (17-30 atm) bosimda amalga oshiriladi. Bosimning ortishi bilan gazlar aralashmasidagi metanning muvozanatdagi miqdori ortadi va shuning uchun ma’lum miqdorda qoldiq metan qolguncha jarayonni o‘tkazish uchun nisbatan yuqori harorat talab etiladi. Metanning konversiya jarayonini yuqori bosimda o‘tkazish qulaydir, chunki yuqori bosimli sharoitda jihozlar va o‘tkazgich quvurlar hajmi kamayadi. Metanning konversiyasi katalizator ishtirokida 800-1100 o C haroratda (CH 4 ning katalitik konversiyasi) va katalizatorsiz 1350- 1400 o C haroratda (yuqori haroratli konversiya) o‘tkaziladi. Bu jarayon uchun katalizator sifatida nikelning aluminiy oksid yoki magniy oksid bilan aralashmasi (past bosim uchun GIAP-3, yuqori bosim uchun esa GIAP-5 katalizatori) qo‘llaniladi. Metanning suv bug‘i bilan konversiya reaksiyasi issiqlik yutilishi bilan sodir bo‘ladi, jarayon haroratini ushlab turish uchun esa tashqaridan katta miqdorda issiqlik kiritilishi kerak. 126 Yo‘qotilgan issiqlik metanning kislorod bilan ekzotermik reaksiyasi hisobiga to‘ldirilishi mumkin. Lekin N 2 :H 2 = 1:3 nisbatdagi azot- vodorod aralashmasi olishda yuqori haroratni ushlab turish uchun havodagi kislorod miqdori yetarli bo‘lmaydi. Shuning uchun metan konversiyasi jarayonini o‘tkazishda tabiiy gaz, bug‘ va havoni fraksiyali ajratish sexlaridan olingan havo (40-50% O 2 ) kislorodi aralashmasi ishlatiladi. Metanning katalitik konversiyasi shaxtali konvertorlarda amalga oshiriladi (2.1-rasm). Shaxtali konvertor hajmdor reaktor shaklida bo‘lib, ichki qismi olovbardosh g‘isht bilan niqoblangan, tashqi qismi suvli sovutgich bilan qoplangan. Reaktor yuqori qismidagi harorat 1050- 1100 o Cda, reaktordan chiqishda esa 800-900 o Cda ushlab turiladi. 2.1-rasm. Shaxta turidagi metan konvertori sxemasi: 1-termoqoplama qatlami; 2-katalizator; 3-yirik bo‘lakli magnezitdagi katalizator; 4-aralashtirgich. Metanning yuqori haroratli konversiyasida (2.2-rasm) tabiiy gaz va kislorod bilan boyitilgan havo oldindan qizdiriladi va so‘ngra metanning kislorod bilan konversiya jarayoni amalga oshiriladi. Reaksiya doirasida harorat 1350-1400 o С da ushlab turiladi. Metanning yuqori haroratli konversiyasini o‘tkazishda (ayniqsa boshlanishida va to‘xtatilishida) metanning termik parchalanishidan (CH 4 → C + 2H 2 ) qurum hosil bo‘lishi mumkin. Konversiyalangan gaz qurumdan saturator qurilmalarida suv bilan tozalanadi. 127 2.2-rasm. Metanni yuqori haroratli konversiyasi uchun qurilma sxemasi: 1-kislorod qizdirgich; 2 tabiiy gaz qizdirgich; 3-metan konvertori; 4-skrubber. Azot sanoatida oksidlovchi agent sifatida suv bug‘i va havo ishlatiladigan metanni ikki bosqichli katalitik konversiyalash ko‘p qo‘llanilmoqda. Konversiyaning birinchi bosqichida quvurli reaktorda (quvurli pech) suv bug‘i bilan jarayon o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda esa shaxtali konvertorda qoldiq metanni kislorod bilan konversiyasi amalga oshiriladi. Quvurli pech nikel katalizatori joylangan bir necha parallel quvurlar bo‘lib, u orqali metanning suv bug‘i bilan aralashmasi o‘tkaziladi. Kataliz doirasida yuvori haroratni ushlab turish va yo‘qotilgan issiqlikni to‘ldirish uchun pechning quvurlararo bo‘shlig‘ida tabiiy gaz yoqiladi. Quvurli pech qo‘llash orqali metan konversiya jarayonini ikki bosqichli amalga oshirilganda oksidlovchi sifatida boyitilgan kislorod emas, balki havo ishlatiladi, bu esa havoni ajratishning qimmatli va energetik hajmdor qurilmalarini qurish zaruratini yo‘qotadi. Shuning uchun metanni ikki bosqichli katalitik oksidlashning iqtisodiy ko‘rsatkichlari katalitik bug‘-kislorodli yoki yuqori haroratli konversiyasiga nisbatan yaxshi ekanligini ko‘rsatadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling