I shamshidinov noorganik moddalar va


II BOB. BOG‘LANGAN AZOT TEXNOLOGIYASI


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   131
II BOB. BOG‘LANGAN AZOT TEXNOLOGIYASI 
Azot jonli tabiat va inson hayoti uchun muhim rol o‘ynaydigan 
elementlar guruhiga kiradi. Azot uglerod, kislorod va va vodorod bilan 
bir qatorda o‘simlik va tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi asosiy 
elementlardan hisoblanadi. U asosiy biokimyoviy jarayonlarda 
qatnashadi, ozuqa moddalari va oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. 
Lekin, yer atmosferasida azotning katta zaxirasi bo‘lishiga qaramay, 
o‘simliklarga ko‘pincha «azot ozuqasi» yetishmasligi kuzatiladi, chunki 
o‘simliklarga havo azotidan juda oz miqdorda o‘zlashadi. 
Er qatlamining 0,04% miqdorini azot tashkil etadi, atmosfera 
havosining 78% miqdori azotdan iboratdir. Azot qattiq yoqilg‘ilar 
(toshko‘mir va torf) tarkibida 1-2% miqdorda bo‘ladi. Azot sanoatda 
keng miqyosda ishlatiladigan azotli noorganik qazilma boyliklar 
holatida faqat Chilida (Janubiy Amerika) va Mariyentaldagina (Janubiy-
G‘arbiy Afrika) bor xolos. Natriyli selitra XX asrning boshlarigacha 
xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan azotli birikmalar 
olishda yagona tabiiy xomashyo bo‘lib hisoblangan. Bunda Chili 
selitrasi, asosan nitrat kislota olish uchun qayta ishlangan: 
NaNO
3
+ H

SO
4
= NaHSO
4
+ HNO
3
Toshko‘mirni quruq haydashda ajralib chiqqan azot suv yoki 
kislotaga yuttirilib (absorbsiyalanib), keyinchalik azotning boshqa 
birikmalarini olishda xomashyo sifatida ishlatilgan. 
Molekulyar azot boshqa elementlar bilan juda qiyinchilik bilan 
birikadi. Azotning bu xossasi molekuladagi atomlarning mustahkam 
bog‘langanligi tufayli yuzaga keladi va bu bog‘lovchi orbitallarda oltita 
elektron (har bir atomdan uchtadan elektron) qatnashishi bilan 
izohlanadi. Shuning uchun azot molekulasining dissotsilanish energiyasi 
juda yuqori (225 kkal/mol) bo‘ladi. 
O‘simliklar azotni tuproqdagi ammoniy va nitrat tuzlaridan 
o‘zlashtiradi. Tuproqda bu birikmalar azotli organik birikmalarning 
chirishi hamda maxsus mikroorganizmlar tomonidan atmosfera azotini 


123 
biologik fiksatsiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Atmosfera havosida 
chaqmoq chaqqanda ham azot kislorod bilan birikadi. Qishloq xo‘jaligi 
tez sur’atda rivojlanib bormoqda, shu tufayli bunday yo‘l bilan 
o‘simliklarni bog‘langan azot bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Shuning uchun 
qishloq xo‘jaligida sun’iy azotli o‘g‘itlardan foydalaniladi hamda 
sanoatda ishlab chiqarilayotgan azot birikmalarining ko‘p qismi o‘g‘it 
ishlab chiqarishga sarflanadi. 
Sanoatda atmosfera azotini bog‘lashning bir necha usullari mavjud: 
atmosfera azotini elektr yoyida oksidlash (yoy usuli); kalsiy karbiddan 
kalsiy sianamid olish (sianamid usuli); elementlardan ammiak sintez 
qilish (ammiakli usul). Ular orasida eng iqtisodiy samarador usul 
ammiak sintezidir va hozirgi paytda bog‘langan azotning 95% miqdori 
shu usul bilan olinadi. 
Yoy usuli. Bu usulning mohiyati yuqori haroratda (elektr yoyi 
alangasida) azot elementining havo kislorodi bilan birikib, NO hosil 
qilishidadir: 
N
2
+ O
2
⇄ 2NO – 179,2 kj. 
Bu jarayon yuqori haroratda boradi. Bunda NO juda oz va tez hosil 
bo‘ladi. 2000
o
C haroratda muvozanat bir daqiqada qaror topadi. 
Hosil bo‘lgan NO dissotsilanib ketmasligi uchun uni tezda reaksiya 
zonasidan chiqarib, sovitish kerak. So‘ngra uni NO
2
gacha oksidlab, 
suvda eritib nitrat kislota yoki kalsiyli selitra holiga o‘tkazish kerak. 
Bunday usul bilan 1 tonna azotli birikma olish uchun 60000 kvt/soat 
energiya sarf bo‘ladi. Yoy
usuli iqtisodiy jihatdan ancha qimmat 
bo‘lgani uchun deyarli qo‘llanilmaydi. 
Sianamid usuli. Bu usul maydalangan kalsiy karbidning yuqori 
haroratda (1000
o
C atrofida) azot bilan reaksiyaga kirishib, kalsiy 
sianamid hosil qilishdan iborat: 
CaC
2
+ N
2
⇄ CaCN
2
+ C + 301,5 kj 
Bunda reaksiya natijasida hosil bo‘lgan sianamid (azotning miqdori 
18-20 %) qishloq xo‘jaligida, kimyo sanoatida va rangli metallurgiyada 
ko‘p ishlatiladi. Bu usul bilan 1 t birikma holida azot olish uchun 10-12 
ming kvt/soat energiya sarf bo‘ladi. Hozir bu usul ham sanoatda tobora 
kam qo‘llanilmoqda. 
Ammiak usuli. Bu usul bilan atmosfera azotini birikma holiga 
o‘tkazish ancha afzalliklarga ega. Bu usul bilan bir tonna azotli birikma 
hosil qilishda sarf qilingan energiya yoy va sianamid usullarida sarf 


124 
qilingan energiyadan kam. Ammiak usulida jarayon quyidagi reaksiya 
bo‘yicha boradi: 
N
2
+ 3H

⇄ 2NH
3
+ Q 
Ammiak NH
3
– normal bosim va haroratda rangsiz va o‘tkir hidli 
gaz. Suyuq ammiak – rangsiz suyuqlik bo‘lib, –33,4
o
C da qaynaydi. 
Ammiak qaytaruvchi xossani namoyon qiladi, suvda yaxshi eriydi va 
ammoniy gidroksid (NH
4
OH) hosil qiladi. Ammiakning suvdagi 25% li 
eritmasi ammiakli suv yoki novshadil spirt nomi bilan yuritiladi. 
Ammiak o‘g‘it sifatida ishlatiladi, u tuproqqa suyuq holatda beriladi
shuningdek 
ammiakdan 
sovutgichlarda, 
metallurgiya 
sanoatida, 
plastmassalar, fotografiya materiallari preparatlari va boshqalar ishlab 
chiqarishda qo‘llaniladi.
Ammiakning ko‘p qismi turli xil azot tutgan o‘g‘itlar va nitrat 
kislota ishlab chiqarishda qayta ishlanadi, ulardan kimyo sanoatida ham, 
xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida ham keng miqyosda 
foydalaniladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling