I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Minorali tizimlarda konsentrlangan sulfat kislota olish.
Vakuumda konsentrlash. Kislota (barcha suyuqliklar singari)
vakuumda atmosfera haroratidan anchagina past haroratda qaynaydi. Past haroratda energiya kam sarflanadi, jihozlar korroziyalanishi kamayadi, shuningdek H 2 SO 4 yo‘qotilishi ham kamayadi. Vakuumda, ayniqsa, tarkibida organik qo‘shimchalar bo‘lgan (masalan, kislotali gudrondan ajratilgan) kislotalarni konsentrlash maqsadga muvofiqdir, chunki vakuumda va past haroratda sulfat kislotaning qaytarilishi anchagina kamayadi. 1.57-rasm. Vakuum-konsentrator sxemasi: 1-korpus; 2-bug‘ quvuri; 3-tomchi ajratgich; 4-ejektor; 5-kondensator; 6-barometrik quvur. Davriy ishlaydigan vakuum-bug‘latgichli qurilma sxemasi 1.57- rasmda ko‘rsatilgan. Unda suyultirilgan sulfat kislota korpus 1 ga keladi, u yerda kremniyli po‘latdan yasalgan quvurlar 2 bo‘yicha o‘tadigan bug‘ bilan qizdiriladi. Kislotadan ajralib chiqadigan bug‘lar tomchi ushlagich 3 orqali sovutgich 5 (aralashtirish kondensatori) ga so‘riladi, u yerda suv bilan aralashadi, soviydi va kondensatlanadi. Suv bug‘i qanchalik to‘la kondensatlansa va kondensatorga keladigan suvning harorati qanchalik past bo‘lsa, jihozdagi vakuum ham shunchalik katta bo‘ladi.Yanada chuqurroq vakuum hosil qilish uchun bug‘ tomchi ushlagich 3 dan suv okim-kanalli ejektor 4 bilan so‘rib olinadi. Kondensator barometrik quvur 6 bilan bog‘langan bo‘ladi. Davriy ishlaydigan vakuum-bug‘latgichli qurilmaning har bir bosqichida 68% li sulfat kislotani bug‘latib 50 t 93% li sulfat kislota 119 olinadi. 50 t sulfat kislotani bug‘latish bitta bosqichining vaqti 12 soatni tashkil etadi. Minorali tizimlarda konsentrlangan sulfat kislota olish. Minorali tizimlarda nisbatan yuqori bo‘lmagan konsentratsiyali (75% H 2 SO 4 ) kislota olinadi. Shuning uchun bu tizimlarda anchagina qimatbaho hisoblangan mahsulot – yuqori konsentratsiyali sulfat kislota olish imkoniyati katta amaliy ahamiyatga egadir. Minorali sulfat kislotani bug‘latish uchun minorali tizimga keladigan kuyundi gazi issiqligidan foydalanishda bunday imkoniyat paydo bo‘ladi. Konsentrlangan minorali sulfat kislota ishlab chiqarish yana shuning uchun ham muhimki, bunday kislotani kontaktli tizimga kiritish oleum ishlab chiqarishni 2 marta oshirishi mumkin. Minorali tizimlarda konsentrlangan kislota olish uchun birinchi denitratsiya minorasini sug‘orishga beriladigan kislota miqdorini shunchalik kamaytiriladiki, natijada minoradagi kislota harorati 200 O C gacha ko‘tariladi. Bunda denitratorning pastki qismida sulfat kislotaning jadallik bilan bug‘lanishi sodir bo‘ladi va uning konsentratsiyasi ortadi. Tabiiyki, konsentrlangan kislota ishlab chiqarishda minorali tizim ish sharoiti qiyinlashadi, chunki birgina minoraning o‘zida ham kislotaning denitratsiyasi, ham uning konsentrlanishi amalga oshiriladi. Xuddi shu vaqtda sulfat kislota konsentratsiyasi ortishi bilan uning denitratsiyalanish jarayoni tezligi keskin kamayadi, buning natijasida mahsulot minorasining ish hajmi ortadi. Bundan tashqari, birinchi minorani sug‘oradigan kislota miqdori kamaytirilganda va bu kislotaning harorati oshirilganda birinchi minorada issiqlik almashinish jarayoni yomonlashadi. Shuning uchun minorali tizimlarda konsentrlangan kislota ishlab chiqarish uchun muhim sharoit birinchi minorada to‘ldirgichlarning katta sirt yuzalarini hosil qilish (1 t/soat mahsulot sulfat kislotasiga 1500 m 2 ), bu to‘ldirgichlarning yetarlicha kislotabardoshligi va termik chidamliligini ta’minlash hisoblanadi. Minorali tizimlarda konsentrlangan kislota ishlab chiqarishda denitratsiya minorasi sug‘orish zichligining yetarlicha yuqori bo‘lishi eng muhim hisoblanadi, chunki bu minorani sug‘oradigan kislota miqdori odatdagi sxema bo‘yicha tizim ishlagandagiga nisbatan anchagina kam bo‘ladi. Kichik sug‘orish zichligi to‘ldirgichlarni tez ifloslanishiga, uning gidravlik qarshiligining ortishiga, gazning kislota bilan to‘qnashishining yomonlashishiga va kislotadagi azot oksidlari 120 miqdorining ortishiga olib keladi. Sug‘orish zichligi minora diametrini kamaytirish yo‘li bilan oshiriladi. Kuyundi gazining harorati qanchalik yuqori bo‘lsa va undagi SO 2 miqdori kam bo‘lsa, minorali kislota konsentratsiyasi shunchalik katta bo‘ladi. Sulfit angidrid konsentratsiyasi kamayishi bilan mahsulot birlik ulushiga to‘g‘ri keladigan gaz hajmi ortadi, buning natijasida kuyundi gazi bilan kiradigan issiqlikning umumiy miqdori ortadi. Konsentrlangan kislota ishlab chiqarishda kuyundi gazi birinchi minorada nisbatan sekin soviydi, chunki minoraning pastki qismidagi sug‘oriladigan kislota yuqori haroratga (200 O C gacha) ega bo‘ladi. Bunday sharoitda sulfat kislota bug‘lari bilan past darajada to‘yinish yuzaga keltiriladi va oz miqdordagi tuman hosil bo‘ladi. Shuning uchun konsentrlangan sulfat kislota ishlab chiqariladigan minorali tizimlarda chiqindi gazlarida juda oz tuman bo‘ladi va tizim oxiridagi elektrofiltr qurilmasining keragi bo‘lmaydi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling