I shamshidinov noorganik moddalar va
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Barbotajli
konsentrator qurilmasining jihozlari. Barbotajli konsentrator o‘txonasi po‘lat baraban ko‘rinishida bo‘lib (tashqi 112 diametri 3 m, uzunligi 6 m), asbest bilan o‘ralgan va ichki qismi qizil g‘isht qatlami bilan va ikki qavat o‘tga chidamli g‘isht qatlamlari bilan himoyalangan (umumiy himoya qatlami 440 mm ga teng) bo‘ladi (1.53- rasm). Havo vetilyator orqali po‘lat qutiga beriladi, undan o‘txonaning oldingi devoridagi markaziy tirqish orqali u yoqish bo‘shlig‘iga o‘tadi va ikki yondagi kanallar 6 orqali yoqish bo‘shlig‘ining orqa qismiga keladi. O‘txonada havoning taqsimlanishi shunday boshqariladiki, bunda birinchi kameraga kiradigan o‘txona gazlarining harorati 800-900 O C chegarasida bo‘ladi. 1.53-rasm. Barbotajli konsentrator o‘txonasi: 1-po‘lat g‘ilof; 2-asbest; 3-qizil g‘isht qatlami; 4-o‘tga chidamli g‘isht qatlami; 5-termopara uchun g‘ilof; 6-ikkilamchi havo uchun kanal; 7-jo‘mrak; 8-forsunka. Gaz yoki suyuq yonilg‘i forsunka 8 ning o‘txona bo‘shlig‘iga beriladi, u yerga shuningdek po‘lat quti orqali havo kiradi. O‘txonadagi harorat 1100-1200 O C ni tashkil etadi, ammo kondensatorning birinchi kamerasiga kiradigan gaz harorati 800-900 O C da bo‘lishi kerak. Shuning uchun o‘txona oxiridagi chiqishda gazning harorati kanal 6 orqali harakatlanadigan havo bilan pasaytiriladi. Gaz o‘txonadan cho‘yan gaz o‘tkazgich orqali kondensatorga yuboriladi. Mazut, tabiiy yoki neft gazi yondirilganda o‘txonaning issiqlik kuchlanishi ortiqcha havo koeffitsienti 1,15 bo‘lganda 1 m 3 o‘txona gaziga 800-1000 mj/soat (200- 250 mln kal/soat) ni tashkil etadi. Yoqilg‘ini yondirish shunday boshqariladiki, bunda o‘txona gazlari tarkibida to‘la yonmagan mahsulotlar bo‘lmasligi kerak, chunki ular sulfat kislota bilan to‘qnashib, H 2 SO 4 ni SO 2 ga qaytarishi, shuningdek tayyor mahsulot tashqi ko‘rinishini yomonlashtirib uning sifatini buzishi mumkin. Barbotajli konsentrator. Barbotajli konsentrator qalinligi 12 mm po‘lat listdan gorizontal silindr shaklida payvandlangan ko‘rinishda bo‘ladi (1.54-rasm). Silindrning tashqi diametri 3 m, uzunligi 10,5 m ga 113 tengdir. U ichki tomondan kislotabardosh materiallar bilan himoyalangan (himoya qalinligi 290 mm) bo‘ladi. Himoya qatlami quyidagicha tayyorlanadi: metall yuzasi dastlab diabazit zamaska qatlami, so‘ngra ikki qatlam diabazit plitka bilan berkitiladi, shundan so‘ng sirt yuzaga asbest qatlami beriladi va kislotabardosh g‘isht bilan himoyalanadi. Konsentrator g‘ishtli to‘siqlar bilan uchta kameralarga bo‘lingan: birinchi kamera uzunligi 3,65 m, ikkinchisi – 2,65 m, uchinchisi esa – 2,7 m ni tashkil qiladi. Har bir to‘siqda ikkitadan kanal bo‘lib, ular orqali kameradan kameraga kislota o‘tadi. Konsentratorning yuqori qismida gazlarning kirishi va chiqishi uchun shtutser va jihozni tozalash uchun lyuk joylashgan. 1.54-rasm. Barbotajli konsentrator: 1-po‘lat korpus; 2-himoya qavati; 3-barbotaj quvuri; 4-barbotaj tirsak; 5-kislota uchun kanal; 6-tozalash uchun lyuk; 7-to‘siq. Birinchi kameraga uchta, ikkinchisiga esa bitta barbotaj quvurlari 3 o‘rnatilgan. Birinchi kameradagi barbotaj quvurlari xromli po‘latdan tayyorlangan va pastki qismiga gazni kislotada yaxshi taqsimlanishi uchun tishchalar joylashtirilgan. Ikkinchi kameradagi barbotaj quvuri ikki qismdan iborat: yuqorigi qismi xromli cho‘yandan va pastki qismi ferrosilitsiddan tayyorlangan. Gazning bir kameradan boshqasiga o‘tishi uchun to‘siqlarda uchtadan ferrosilitsidli barbotaj tirsaklar 4 bo‘ladi. O‘txonadan chiqadigan qaynoq gaz birinchi kameraga (taxminan 60%) va ikkinchi kameraga bir vaqtda keladi. Kameralar bo‘yicha gazning taqsimlanishi konsentratorning ikkinchi kamerasidagi barbotaj quvuriga biriktirilgan har xil diametrdagi halqalar yordamida amalga oshiriladi. 114 Elektrofiltr. Barbotaj konsentratordan chiqadigan gazdagi tomchi va tumanni tutib qolish uchun ishlatiladigan KT turidagi elektrofiltr kvadrat yoki aylana kesimli kamera ko‘rinishida bo‘lib, ichki qismi kislotabardosh materiallar bilan himoyalangan bo‘ladi. Cho‘ktiruvchi elektrodlar – ichki diametri 0,25 m va uzunligi 4 m bo‘lgan ferrosilitsiddan tayyorlangan quvurlar hisoblanadi. Tojsimon elektrodlar mahsus halqachalar biriktirilgan alohida ferrosilitsidli a’zolardan iborat zanjir shaklida tayyorlanadi. Elektrofiltr kesimi bo‘yicha gazning bir tekisda taqsimlanishi uchun uning pastki qismida tirqishli alohida ferrosilitsidli bo‘linmadan iborat taqsimlash plitasi bo‘ladi. Barbotajli konsentrator ish rejimi. Konsentratorga keladigan o‘txona gazining harorati ortishi bilan gazdan kislotaga issiqlikning uzatilish jadalligi ortadi, natijada konsentrator unumdorligi ortadi. Lekin, gaz haroratining haddan tashqari yuqori bo‘lishi birinchi kameradagi barbotaj quvurida gazning tez ajralishiga olib keladi, buning oqibatida kislotaning termik parchalanishi natijasida uning yo‘qotilishini oshiradi. Shuning uchun o‘txona gazlarining harorati konsentratorga kirishda 800-900 O C chegarasida ushlab turiladi. Konsentratorga kiradigan gaz tarkibida yoqilg‘ining chala yonish mahsulotlari bo‘lmasligi kerak, aks holda sulfat kislotaning yo‘qotilishi bunda ham ortadi. Bundan tashqari, yoqilg‘ining chala yonishi oqibatida undan samarali foydalanib bo‘lmaydi va shunday qilib, tayyor mahsulot tannarxi ortadi. Bundan ko‘rinadiki, o‘txonaga beriladigan havo va yoqilg‘i miqdorlarining nisbati yog‘ilg‘ini to‘la yonishini va o‘txona gazlari yetarlicha yuqori haroratga erishishini ta’minlashi kerak. Uch kamerali barbotajli konsentrator ning taxminiy rejimi: Kamera …………………………………………….. 1-chi 2-chi 3-chi Gazning harorati, O C: kirishda …...……………………………………...... 820 255 185 chiqishda ………………………………………...... 255 185 153 H 2 SO 4 konsentratsiyasi, %: kirishda …...……………………………………...... 80 76 68 chiqishda ………………………………………...... 94 80 76 Kamerada kislotaning harorati, O C ……………....... 250 163 140 O‘txonadan oldin havo bosimi, mm.sim.ust. …….... 1000 - - 115 O‘txona gazlari berish bilan uch kamerali konsentratordagi faqat birinchi kamerada sulfat kislota bug‘lari elektrofiltrdan oldin 35-40 g/m 3 ni tashkil etadi, ikkinchi kamerada ham qaynoq gaz berilganda esa u 11 g/m 3 gacha kamayadi. Download 7.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling