I shamshidinov noorganik moddalar va


Qaynoq gazni kislota bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishi orqali


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   131
Qaynoq gazni kislota bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishi orqali 
konsentrlash. Qaynoq gazni kislota bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashishi 
orqali konsentrlash jihozlarida issiqlik almashinishning yaxshi sharoiti 
yaratiladi; bunday jihozlarda harorat konsentrlanadigan kislotaning 
qaynashigacha yetkazilmaydi, jihozlar sodda va keraklicha tejamkordir. 
Ushbu turdagi eng sodda qurilmada yoqilg‘ini yondirish natijasida 
olingan qaynoq gaz ikkita ichki qismi bo‘sh minoradan birin-ketin 
o‘tadi, so‘ngra, tomchi va bug‘ni tutib qolish uchun filtrdan o‘tib, 
atmosferaga chiqarib yuboriladi. Suyultirilgan (kuchsiz) sulfat kislota 
dastlab ikkinchi (gaz harakati bo‘yicha) minoraga beriladi, u yerada 
dastlabki konsentrlash jarayoni amalga oshadi, so‘ngra esa to‘la 
konsentrlash uchun birinchi minoraga o‘tadi. Ayrim shunday turdagi 
qurilmalarda to‘ldirgichli minoralar ishlatiladi, bu esa issiqlik 
almashinish sharoitini yaxshilaydi. 
Lekin bayon etilgan minorali qurilmalar unumdorligi kamdir va 
keyingi yillarda yuqori unumdorlik bilan ishlaydigan tejamkor barbotajli 
konsentratorlar ishlatish yo‘lga qo‘yilgan. 
Barbotajli konsentrator qurilmasi. Bunday qurilma o‘txona 2 va 
gorizontal silindr (baraban) shaklidagi uchta kameraga vertikal to‘siqlar 
bilan ajratilgan konsentrator 3 dan iboratdir (1.52-rasm). Kuchsiz sulfat 
kislota uchinchi kameraga (gaz harakati bo‘yicha) tushadi va ichki 
kameralar bo‘yicha uchinchidan ikkinchiga va so‘ngra birinchiga 
to‘siqlar osha oqib tushadi. O‘txonadan keladigan qaynoq gaz birin-
ketin quvur va tirsaklar bo‘yicha harakatlanadi va konsentratorning har 
bir kamerasidagi kislota qatlamlari orqali barbotajlanadi. Bunda gaz va 
kislotaning yaqin tutashuvi hosil qilinadi, shu sababli ular orasida jadal 
issiqlik almashinuvi sodir bo‘ladi. Kislota kameradan kameraga oqib 
o‘tishda doimo qizib boradi, uning ustidagi bug‘ bosimi ortadi, suv 
bug‘lanadi va kislotadagi H
2
SO
4
konsentratsiyasi ortadi. 


111 
1.52-rasm. Barbotajli konsentrator qurilmasining sxemasi: 
1-havo purkagich; 2-o‘txona; 3-barbotajli konsentrator; 4-elektrofiltr; 5-kislota sovutgich; 
6-kislota yig‘gichi; 7-nasos. 
Birinchi kamerada kislota harorati 230-250
O
C ga, uning 
konsentratsiyasi esa 93-95% H
2
SO
4
ga yetadi. Shuning uchun bu 
kamerada suv bilan bir paytda sulfat kislota ham bug‘lanadi. Issiqlik 
almashinish jadal borganligi sababli birinchi kameradan chiqadigan gaz 
H
2
SO
4
bug‘lari bilan (50 g/m
3
gacha) to‘yingan bo‘ladi. Ikkinchi 
kamerada suyultirilgan sulfat kislota ustidagi to‘yingan suv bug‘ining 
bosimi bu kameraga kiradigan gazdagiga nisbatan yuqori bo‘ladi. 
Shuning uchun bu yerda suv bug‘lanadi va buning oqibatida kislota 
birmuncha konsentrlanadi. H
2
SO
4
ning to‘yingan bug‘ bosimi kiradigan 
gaznikiga nisbatan bir necha yuz marta kichik bo‘ladi, shu tufayli 
ikkinchi kamerada sulfat kislota kondensatlanadi. Madomiki shunday 
ekan, bu kamerada kislota harorati va konsentratsiyasi nisbatan past, bu 
yerda vujudga keladigan sulfat kislota bug‘larining to‘yinishi S qariyib 
80 ni tashkil etadi, ya’ni kritik to‘yinishdan anchagina yuqori bo‘ladi 
(150
O
C haroratda kritik to‘yinishi S
kr.
= 3,8 ga teng). Shuning uchun 
ikkinchi kamerada sulfat kislota bug‘larining asosiy qismi bo‘shliqda 
tuman hosil qilib kondensatlanadi. Bu kameradan chiqadigan gazdagi 
tumanning miqdori (gaz oqimi bilan birga chiqib ketadigan kislota 
tomchilarini hisobga olmaganda) 40 g/m
3
ni tashkil etadi. Sulfat kislotali 
tuman va tomchilariniajratib olish uchun gaz konsentratordan elektrofiltr 
4 ga yuboriladi. Unda tutib qolingan kislotali kondensat konsentratorga 
qaytariladi. Birinchi kameradan chiqarib olinadigan konsentrlangan 
sulfat kislota sovutgich 5 orqali yig‘gich 6 ga tushadi, u yerdan omborga 
jo‘natiladi. 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling