I shamshidinov noorganik moddalar va
Nitrat kislotani saqlash va tashish
Download 7.06 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Nitrat kislotani saqlash va tashish. Kuchsiz nitrat kislota (45-60%
li HNO 3 ) po‘latdan yasalgan rezervuarlarda omborda saqlanadi. Ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyultirilgan nitrat kislota shisha idishlar tashiladi, ular korzinkaga yoki yog‘och panjaraga joylanib, osti va atrofi yong‘inga chidamli moddalar shimdirilgan qirindi bilan o‘raladi. Ko‘p miqdordagi suyultirilgan nitrat kislota zanglamaydigan po‘latdan tayyorlangan temiryo‘l sisternalarida tashiladi. Konsentrlangan nitrat kislota aluminiydan yasalgan rezervuarlarda saqlanadi va temir yo‘l sisternalarida tashiladi. Nitrat kislotaning 7,5% H 2 SO 4 bilan aralashmasi melanj deb ataladi, u uglerodli po‘latdan tayyorlangan sisternalarda tashiladi. 165 Konsentrlangan nitrat kislotani yog‘och panjaradi shisha idishlarda tashish ta’qiqlanadi. Azot oksidlari va nitrat kislota zaharlash xossasini namoyon etadi. Binolardagi azot oksidlarining chegaraviy me’yor konsentratsiyasi N 2 O 5 hisobida 0,005 mg/l ni tashkil etadi. Nitrat kislota teriga tekkanda qattiq kuydiradi va yara hosil qiladi. Konsentrlangan nitrat kislota paxtali materiallar va yog‘ochni yondirishi mumkin. Nitrat kislota bilan ishlaydiganlar movut jundan tayyorlangan maxsus kiyim kiyishi, sariq rang qutili V markali protivogazi, rezina qo‘lqopi va himoya ko‘zoynagi bo‘lishi kerak. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Azotning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting. 2. Ammiakning fizik-kimyoviy xossalarini ayting. 3. Ammiak ishlab chiqarish xomashyolarini ayting. 4. Metan konversiyasining fizik-kimyoviy asoslarini tushuntiring. 5. Shaxta turidagi metan konvertori va metanni yuqori haroratli konversiyasi uchun qurilmaning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring. 6. Is gazi konversiyasi jarayonini tushuntiring. 7. Azot-vodorod aralashmasini karbonat angidrid, is gazi va oltingugurtdan tozalash jarayonini tushuntiring. 8. Sintetik ammiak ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslarini tushuntiring. 9. Ammiak sintezi reaktorining tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring. 10. Havoni qisish qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring. 11. Ikki qaytali rektifikatsiyalash orqali havoni ajratish jihozining tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring. 12. Nitrat kislotaning fizik-kimyoviy xossalarini ayting. 13. Nitrat kislota ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslarini tushuntiring. 14. Ammiakni kontaktli oksidlashning fizik-kimyoviy asoslarini tushuntiring. 15. Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish jarayonini tushuntiring. 16. 7-10 atm bosim ostida suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish uchun qurilmaning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring. 17. Konsentrlangan nitrat kislota olishning fizik-kimyoviy asoslarini tushuntiring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling