I shamshidinov noorganik moddalar va


Nitrat kislotani saqlash va tashish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   131
Nitrat kislotani saqlash va tashish. Kuchsiz nitrat kislota (45-60% 
li HNO
3
) po‘latdan yasalgan rezervuarlarda omborda saqlanadi. 
Ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyultirilgan nitrat kislota shisha 
idishlar tashiladi, ular korzinkaga yoki yog‘och panjaraga joylanib, osti 
va atrofi yong‘inga chidamli moddalar shimdirilgan qirindi bilan 
o‘raladi. Ko‘p miqdordagi suyultirilgan nitrat kislota zanglamaydigan 
po‘latdan tayyorlangan temiryo‘l sisternalarida tashiladi. 
Konsentrlangan nitrat kislota aluminiydan yasalgan rezervuarlarda 
saqlanadi va temir yo‘l sisternalarida tashiladi. 
Nitrat kislotaning 7,5% H
2
SO
4
bilan aralashmasi melanj deb ataladi, 

uglerodli 
po‘latdan 
tayyorlangan 
sisternalarda 
tashiladi. 


165 
Konsentrlangan nitrat kislotani yog‘och panjaradi shisha idishlarda 
tashish ta’qiqlanadi. 
Azot oksidlari va nitrat kislota zaharlash xossasini namoyon etadi. 
Binolardagi azot oksidlarining chegaraviy me’yor konsentratsiyasi N
2
O
5
hisobida 0,005 mg/l ni tashkil etadi. 
Nitrat kislota teriga tekkanda qattiq kuydiradi va yara hosil qiladi. 
Konsentrlangan nitrat kislota paxtali materiallar va yog‘ochni yondirishi 
mumkin. 
Nitrat kislota bilan ishlaydiganlar movut jundan tayyorlangan 
maxsus kiyim kiyishi, sariq rang qutili V markali protivogazi, rezina 
qo‘lqopi va himoya ko‘zoynagi bo‘lishi kerak. 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
1. 
Azotning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini ayting. 
2. 
Ammiakning fizik-kimyoviy xossalarini ayting. 
3. 
Ammiak ishlab chiqarish xomashyolarini ayting. 
4. 
Metan konversiyasining fizik-kimyoviy asoslarini tushuntiring. 
5. 
Shaxta turidagi metan konvertori va metanni yuqori haroratli 
konversiyasi uchun qurilmaning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring. 
6. 
Is gazi konversiyasi jarayonini tushuntiring. 
7. 
Azot-vodorod aralashmasini karbonat angidrid, is gazi va 
oltingugurtdan tozalash jarayonini tushuntiring. 
8. 
Sintetik ammiak ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslarini 
tushuntiring. 
9. 
Ammiak sintezi reaktorining tuzilishi va ishlash prinsipini 
tushuntiring. 
10. 
Havoni qisish qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipini 
tushuntiring. 
11. 
Ikki qaytali rektifikatsiyalash orqali havoni ajratish jihozining tuzilishi 
va ishlash prinsipini tushuntiring. 
12. 
Nitrat kislotaning fizik-kimyoviy xossalarini ayting. 
13. 
Nitrat kislota ishlab chiqarishning fizik-kimyoviy asoslarini 
tushuntiring. 
14. 
Ammiakni kontaktli oksidlashning fizik-kimyoviy asoslarini 
tushuntiring. 
15. 
Suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish jarayonini tushuntiring. 
16. 
7-10 atm bosim ostida suyultirilgan nitrat kislota ishlab chiqarish 
uchun qurilmaning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring. 
17. 
Konsentrlangan nitrat kislota olishning fizik-kimyoviy asoslarini 
tushuntiring. 


166 

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling