I shamshidinov noorganik moddalar va


Nitrat kislotani to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez qilish


Download 7.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/131
Sana12.09.2023
Hajmi7.06 Mb.
#1676157
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   131
Nitrat kislotani to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez qilish. Jarayon suyuq 
azot qo‘sh oksid (2NO
2
⇄N
2
O
4
) dan quyidagi reaksiya bo‘yicha: 
N
2
O
4(suyuq)
+ 2H
2
O
(suyuq)
+ O
2(gaz)
⇄ 4HNO
3
+ 59,5 kj 
75
O
C haroratda va 50 atm bosim ostida maxsus avtoklavlarda amalga 
oshiriladi. 
Muvozanatni nitrat kislota hosil bo‘lish tomonga siljitish, 
shuningdek reaksiya tezligini oshirish uchun avtoklavga keladigan 
aralashmada suyuq azot qo‘shoksid miqdori ortiqcha bo‘lishi kerak. 
Odatda suyuq azot qo‘shoksidi stexiometriyadan 25% ga ortiqcha 
bo‘ladi. Reaksiyaga kirishmagan ortiqcha olingan azot qo‘shoksid hosil 
bo‘ladigan 98-99% li nitrat kislotadan ajratiladi va ishlab chiqarishga 
qaytariladi. 
Suyuq azot qo‘shoksidni nitroza gazlaridan ularni bosim ostida 
sovutish orqali NO
2
ni kondensatsiyalab olinadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri 
kondensatsiyalab suyuq azot qo‘shoksid olish uchun nitroza gazlaridagi 
NO ni NO
2
ga to‘la oksidlanishi va azot oksidlarining boshlang‘ich 
parsial bosimi yetarlicha yuqori bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish 
sharoitida jihozlarga qattiq N
2
O
4
kristallari cho‘kib qolmasligi uchun 
gazlar –8
O
C dan past bo‘lmagan haroratgacha sovutiladi. 
Ikkinchi usul quyi haroratda konsentrlangan nitrat kislota bilan 
nitroza gazlaridan NO
2
ni absorbsiyalanishiga asoslangandir. Absorbsiya 


164 
jarayonida nitroza gazlaridagi azot(II)-oksidning bir qismi kislorod 
bilan, qolgan qismi esa konsentrlangan nitrat kislota bilan oksidlanadi: 
2NO + O
2
= 2NO
2
NO + 2HNO
3
= 3NO
2
+ H
2

Nitroza gazlaridagi azot qo‘shoksid ishlab chiqarish qurilmalarida 
98% li nitrat kislota bilan absorbsiyalanadi va tarkibida 30% gacha NO
2
bo‘lgan nitrooleum HNO
3
∙nNO
2
olinadi. Bu eritmani 80
O
C gacha 
qizdirish orqali undan gaz holatidagi konsentrlangan azot qo‘sh oksidi 
ajratiladi, so‘ngra uni sovutish orqali kondesatsiyalanadi. Amalda 
kondensatsiya odatda ikki bosqichli: suv va namakob (Ca(NO
3
)
2
+ H
2
O) 
bilan –8
O
C haroratgacha sovutish orqali amalga oshiriladi. 
Shunday qilib, nitrooleumli usul bilan konsentrlangan nitrat 
kislotani to‘g‘ridan-to‘g‘ri sintez qilish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga 
oladi: 1) ammiakni kontaktli oksidlash orqali nitroza gazlarini olish; 2) 
nitroza gazlaridan ortiqcha suvni yo‘qotish; 3) nitroza gazlaridagi NO ni 
NO
2
ga oksidlash; 4) qoldiq NO ni konsentrlangan nitrat kislota bilan 
qo‘shimcha oksidlash; 5) nitroza gazlarini va bir qism konsentrlangan 
nitrat kislotani absorbsiyadan oldin taxminan –8
O
C gacha sovutish; 6) 
azot qo‘shoksidni konsentrlangan nitrat kislota bilan absorbsiyalash 
(nitrooleum olish); 7) qizdirish yo‘li bilan nitrooleumdan azot 
qo‘shoksidini desorbsiyalash; 8) azot qo‘sh oksidini sovutish orqali 
kondensatsiyalash (suyuq azot qo‘shoksid N
2
O
4
olish); 9) 50 atm bosim 
va 75
O
C haroratda avtoklavda suyuq azot qo‘shoksidining suv va 
kislorod bilan ta’sirlashishini amalga oshirish; 10) erigan azot 
qo‘shoksidini haydash uchun konsentrlangan nitrat kislotani qizdirish. 
Bu jarayon tayyor konsentrlangan nitrat kislotani «oqartirish» deb 
ataladi.

Download 7.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling