I силлабус «Физик жараёнлар ва компьютерда дастурлаш асослари» фанининг силлабуси


Download 0.51 Mb.
bet2/8
Sana19.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1033187
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
portal.guldu.uz-sillsbus

Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda, fizik sistemalarni o’rganishda jarayonlarni modellashtirish uchun kompyuterdan samarali foydalana olish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Fan doirasida dasturlash tillari, modellashtirish va hisoblash fizikasi asoslari o’rganiladi.
Fanning vazifasi - talabada fizik jarayonlarni aniq tasavvur qilish. Bu jarayonlarning matematik modeli va dasturini tuzish, yechimlarini topish hamda ularni tahlil qilish ko’nikmasini shakllantirishdan iborat.
Fan bo’yicha bilim, ko’nikma va malakaga qo’yiladigan talablar
Fanni o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalardoirasida talaba C, Visual Basic, Java dasturlash tillaridan biri yordamida fizik masalalarni echish uchun fizik bilimlarni qo’llash; fizik bilimlarning amaliy tadbiqiga oid misollar keltirshsh; fizika hodisalari mohiyatini yaxshi bilgan hxolda ularning kompyuterda modelini yaratish asoslari; modellashtirish metolologiyasi asoslari; differentsial tenglamalarni sonli echish usullari; ma’lumotlarning grafik ko’rinishda akslantirish; masalaning aniq qo’yilishi va uning taqribiy echimlari haqida; tadqiqiy va metodik masalalarni kompyuter yordamida yechish; zamonaviy informatsiya texnologiyalarni fizik hodisa va jarayonlarda qo`llash ko`nikmasiga va foydalana olish tajribasiga ega bo’lishi kerak.


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi

“Informatika va axborot texnologiyalari” fani “Oliy matematika”, “Elementar matematika” va “Fizika” fanning nazariy va amaliy xulosalariga tayanadi va 1– semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan oliy matematika va fizika fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.


Fanning ta’limdagi o’rni
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish va dasturlash fani talabalarda axborot va mutaxasislik fanlarinidan modellar tayyorlash, loyihalarni virtual ko’rinishda akslantirish, dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda, uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o’ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning komp’yuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki dasturlash tillarini o’rgatish orqali yangi model va modellashtirish, dasturlar yaratishlariga zamin bo’ladi. Akademik lisey va kasb – hunar kollejlardagi kasbiy faoliyatlaridan yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularni o’qitiyotgan fanlariga tadbiq etishga katta yordam beradi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling