Reja: Qurilqan matematik modellarning sonli yechish usullari


Download 291.85 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi291.85 Kb.
#1516058
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9- maruza . Ayirmali sxemalar misollari


9-ma`ruza. Qurilqan matematik modellarning sonli echish usullari. Ayirmali sxemalarni qurish.

REJA:

  1. Qurilqan matematik modellarning sonli yechish usullari

  2. Ayirmali sxemalar misollari

  3. Ayirmali sxemalar qurishning integro-interpolyatsion metodi.



Qurilqan matematik modellarning sonli yechish usullari
O’tgan ma`ruzalarimizda ta’kidlanganidek, ob’ektni matematik modellashtirish har xil tenglama, tengsizlik yoki ularning sistemalarini yechishga keltiriladi. Umuman olganda modelni yechish usullarini uch turga ajratish mumkin: analitik, sonli va sonli-analitik usullar. Analitik usul - masala yechimini aniq matematik formulalar bilan(analitik ko’rinishda) ifodalashdir. Bu usul aniq usul hisoblanib, unda yechim masalaning berilgan boshlang’ich qiymatlarni o’z ichiga olgan matematik formulalar ko’rinishida ifodalanadi. Odatda analitik usuldan oddiy matematik model bilan ifodalanadigan masalalarni yechishda foydalaniladi. Chunki murakkab masalalarning yechimini har doim ham aniq formulalar ko’rinishida ifodalash imkoni bo’lavermaydi. Analitik usulga misol sifatida chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini Kramer qoidasi, Gauss yoki teskari matritsa kabi yechish usullarini keltirish mumkin. Sonli usul – taqribiy yechish usuli hisoblanib, oliy matematika fanining hisoblash matematikasi bo’limida o’rganiladi. Bu usulga ko’ra matematik modelda berilgan formulalar, taqribiy ravishda o’ziga yaqin (ekvivalent) hamda sodda ko’rinishga ega bo’lgan formulalar bilan almashtiriladi. Masalan funktsiya hosilasi, chekli ayirmaga; funktsiyaning aniq integrali chekli yig’indiga, cheksiz qator esa chekli yig’indiga almashtiriladi. Sodda ko’rinishga keltirilgan model yordamida yechiladi va masala yechimi grafik yoki sonlar jadvali ko’rinishida ifodalanadi. Sonli usullarga misol sifatida trantsendent tenglamalarni oraliqni teng ikkiga bo’lish, urunmalar, vatarlar yoki differentsial tenglamalarni Eyler, Runge Kutta, chekli ayirmalar yordamida yechish usullarini keltirish mumkin. Sonli usullardan biri iteratsiya usulidir. Тaqribiy yechish usuli iteratsiya usuli deyiladi, agar noma’lumlar ustida chekli takrorlanuvchi amallar bajarilib, bu amallardan keyin noma’lumlar qiymatlari aniqlashtirilsa (noma’lumlarning taqribiy qiymatlari uning aniq qiymatlariga yaqinlashsa), shu bilan birga keyingi takrorlanuvchi amallarni bajarishda noma’lumlarning aniqlashtirilgan qiymatidan foydalanilsa. Sonli-analitik usul – bu yuqorida aytilgan ikki usulning kombinatsiyasidan tashkil topgan usuldir. Bu usulda masala yechimi asosan xosmas integral, cheksiz qator, maxsus funktsiyalar yoki ularning kombinatsiyalari ko’rinishida ifodalanadi. Bu usulda qaralayotgan masala yechimi analitik ko’rinishda yozib quyiladi, lekin sonli natijalar ba’zi bir taqribiy hisoblashlar yordamida hosil qilinadi. Sonli-analitik usullarga misol sifatida Bubnov-Galyorkin yoki Fur’e usullarini keltirishimiz mumkin



Download 291.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling