I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
30
31
Konstitutsiya yaratilishida xalqimiz ishtirok etar ekаn
uni bu ishga yo‘llash, xalq fikridan oqilona foydalanish juda 
katta аhаmiyat kаsb etdi. Konstitutsiya yaratilishi va qabul 
qilinishida xalq tafakkuridan to‘g‘ri foydalanildi va natijada 
hech bir davlatning Konstitutsiyasidan kam bo‘lmagan asosiy 
qonunimizga ega bo‘ldik.
O‘zbekiston Konstitutsiya qabul qilishda faqat jahon 
tajribasidan foydalanish bilan cheklanmay, Konstitutsiyaviy 
rivojlanish tajribasiga o‘z hissasini ham qo‘shdi. Jumladan
loyihaning ikki bosqichda muhokama qilinishi, oilaning 
alohida bobda mustahkamlanishi va boshqalar bunga misol 
bo‘la oladi.
O‘zbekiston tarixida bir nechta konstitutsiyalar qabul 
qilingan bo‘lib, ularning mazmun va mohiyati o‘sha davr shart-
sharoitlari bilan o‘lchanadi. 
Qayd etish kerakki, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish 
tartibining murakkabligi uning barqarorligini ta’minlash 
usullaridan biri sanaladi. Bu borada xorij tajribasiga murojaat 
etadigan bo‘lsak, turlicha yondashuvlar mavjudligini 
kuzatamiz. Masalan, qator mamlakatlarda oddiy qonun 
loyihasi parlamentning birgina a’zosi tomonidan taklif qilinishi 
mumkin bo‘lsa, Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi 
loyiha esa faqat Prezident, hukumat yoki deputatlarning 
muayyan guruhi (masalan, Turkiyada - parlament a’zolarining 
1/3 qismi), federatsiya sub’ektlari (masalan, Braziliyada - 
shtatlarning yarmi) tomonidan kiritiladi. Bundan tashqari
Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, qoida tariqasida, 
parlamentning har bir palatasida malakali ko‘pchilik 
tomonidan ma’qullanishi lozim. Masalan, Avstriya, Italiya, 
Niderlandiyada parlament a’zolarining 2/3 qismi ovozi zarur 
bo‘lsa, Gretsiya, Ispaniyada 3/5 qismini tashkil etishi lozim 
bo‘ladi. Parlament Konstitutsiyaga o‘zgartirishlarni qabul 
qilgach, ayrim davlatlarda mazkur o‘zgartirishlar federatsiya 
qilib qo‘yish asosiy g‘oyalar bo‘lib, ularni Konstitutsiyaning 
asosiy prinsiplari, deb hisoblash mumkin.
Konstitutsiya qabul qilishdan maqsad, faqat bugungi kun 
ijtimoiy munosabatlarini tartibga solish emas, kelajakda 
erishish zarur bo‘lgan masalalarni ham belgilab olish va ularni 
huquqiy asosda ro‘yobga chiqarishdir.
Farqlarni 
aniqlashtiradigan 
bo‘lsak, 
amaldagi 
Konstitutsiyamiz, avvalo, inson manfaatlari ustunligini 
o‘rnatdi. Davlat va uning organlarining fuqarolar oldida 
mas’ulligini (Konstitutsiyaning 2-moddasi), inson, uning 
hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlari 
oliy qadriyat hisoblanishini belgiladi (13-modda). Amaldagi 
Konstitutsiya yakka siyosiy partiyaning yagona mafkuraviy 
hukmronligiga barham berdi va ijtimoiy hayot siyosiy 
institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida 
rivojlanishini, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida 
o‘rnatilishi mumkin emasligini o‘rnatdi (12-modda).
O‘zbekiston mustaqillikka erishib, o‘z Konstitutsiyasini 
ishlab chiqishga kirishar ekan, asosiy maqsad sifatida 
Konstitutsiya xalqaro talablarga javob berishi kerak, 
dеgan masalani qo‘ydi. Bu narsa Konstitutsiyamizning 
“Muqaddima”sida ham qayd qilindi.
Konstitutsiya Muqaddimasi»da O‘zbekiston demokratiya 
va ijtimoiy sodiqlikni namoyon etishi; xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan qoidalari ustuvorligini tan olishi
fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga 
intilish; insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo 
etishni ko‘zlashi va Konstitutsiyaning barcha normalari 
hamda qoidalari ana shu maqsadlarning ro‘yobga chiqishini 
ta’minlashga qaratilishi Konstitutsiyaning xalqaro talablarga 
javob berishini ko‘rsatadi. Demokratik davlatlar tajribasida 
fuqaro bilan davlat munosabati belgilanishida, fuqaro 
manfaati ustun turadi. Bu Konstitutsiyamizda o‘z aksini topdi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling