I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
24 25 yangi Konstitutsiya tayyorlanishi haqida xulosa mavjud. Va shu asosda Oliy Kеngash sessiyasida birinchi Prеzidеntimiz I.A. Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiya tuzildi. Komissiya tarkibi vakolatli bo‘lib, unga deputatlar, barcha hududiy tuzilmalardan, davlat va jamoat tashkilotlaridan, korxona va xo‘jaliklardan vakillar, huquqshunoslar, olimlar va boshqa mutaxassislar vakillari kiritildi. Keyinchalik uning tarkibiga o‘zgartirish kiritilib, u yanada kuchaytirildi. Komissiya o‘zining birinchi majlisini birinchi Prеzidеntimiz I.A. Karimov boshchiligida 1991-yil 12-aprelda o‘tkazdi. Vaziyat va olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, loyihani ishlab chiqish jarayonini kuchaytirish, shu jarayon bilan bog‘liq barcha ishlarni muvofiqlashtirib borish uchun Konstitutsiya komissiyasi a’zolari va еtakchi olim, mutaxassislardan iborat 32 kishi tarkibida ishchi guruhi tashkil qilindi. Shuningdek, Konstitutsiya loyihasida mo‘ljallangan 6 bo‘limni tayyorlash uchun 6 ta maxsus kichik guruh tashkil qilindi, ularning tarkibiga 50 nafar huquqshunos, mutaxassis kiritildi. Komissiya va barcha guruhlar ishining samarali bo‘lishi uchun komissiya raisi ular oldiga quyidagi aniq vazifalarni qo‘ydi: • birinchi, Konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasini sinchiklab o‘rganib chiqish; • ikkinchi, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarini hisobga olish; • uchinchi, kеng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli siyosiy yuridik hujjat yaratish. Agar shu uch topshiriqqa sinchiklab nazar tashlasak, ularda inson huquqlari va manfaatining ustuvorligi asosida Konstitutsiya yaratilishi maqsad qilib qo‘yilganligini ko‘ramiz. nuqtayi nazaridan endi mutlaqo yaroqsiz bo‘lib qoldi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekistonning mustaqilligi e’lоn qilinib, 1-sentabr — Mustaqillik kuni deb belgilanar ekаn, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonun O‘zbekistonning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamladi. Bu mustaqil O‘zbekistonning dastlabki Konstitutsiyaviy hujjati hisoblanadi. Unda O‘zbekiston mustaqil demokratik davlat ekanligi belgilanib, demokratik davlatga xos xususiyatlar, tamoyillar o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi sabablarini ko‘radigan bo‘lsak, uni ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchi, bu bosh sabab — O‘zbekistonning mustaqil davlat bo‘lishi. Ikkinchi, ana shu sababdan kelib chiqadigan boshqa masalalar, ya’ni yangi ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi, unda shaxs manfaatining ustunligi, ana shunga mos ravishda shaxsning huquqiy holatini, davlat hokimiyati tuzulmalarining huquqiy holatini belgilash zarurligi hisoblanadi. O‘zbekistonning mustaqilligi — uning jahon hamjamiyatida tutadigan o‘rniga bevosita ta’sir qildi, natijada, O‘zbekistonning dunyodagi boshqa davlatlar bilan munosabatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi mamlakatlar taraqqiyoti ko‘p jihatdan mamlakatda inson huquqlarining qay darajada ta’minlanganiga bog‘liq. Bunda xalqaro huquq qoidalarining mamlakat miqyosida amal qilishi muhim masala bo‘lib, uni amaliyotga joriy qilish mexanizmlaridan biri xalqaro hujjat qoidalarini Konstitutsiyaviy normalarga singdirishdir. Bu masala ham O‘zbekistonda Konstitutsiya qabul qilishga sabab bo‘ldi. O‘zbekistonda yangi Konstitutsiya qabul qilish jarayoni, mustaqillikdan avval boshlandi. Konstitutsiya yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-iyunda Oliy Kеngash tomonidan qabul qilingan «Mustaqillik deklaratsiyasi» bilan bog‘liq. Ana shu hujjatda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling