I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
20 21 Ko‘pchilik Konstitutsiyalar muqaddima (preambula), asosiy normativ qism va yakunlovchi qismlardan iborat bo‘ladi. Muqaddima qismida jamiyat va davlat taraqqiyotining asosiy bosqichlari hamda rivojlanish istiqbollari ko‘rsatib beriladi. Asosiy qism bo‘lim, bob va moddalardan tashkil topadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Yakunlovchi qism esa davlat hokimiyatining davomiyligini ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Ayrim Konstitutsiyalarda ularga kiritilgan qo‘shimchalar hajmi juda katta bo‘ladi. Ba’zi konstitutsiyalarda esa ilovalar ham bo‘ladi. Konstitutsiya loyihalari turli davlatlarda turlicha tayyorlanadi. Konstitutsiya loyihalarini tayyorlashning quyidagi usullarini ko‘rsatish mumkin: •Loyiha maxsus konstitutsiyaviy komissiya tomonidan tayyorlanadi. •Loyihalar siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari tomonidan taqdim etiladi. •Loyiha parlament yoki hukumat tomonidan tayyorlanadi. Masalan, Fransiyaning sobiq Prezidenti De Goll Fransiyaning 1958-yilgi Konstitutsiyani tayyorlashda faol ishtirok etgan . •Loyihani tayyorlashda sobiq mustamlaka qiluvchi mamlakatlar faol ishtirok etadi. Masalan, Buyuk Britaniya o‘zining sobiq mustamlaka davlatlarida ularning Konstitutsiyalarini tayyorlashda qatnashgan. •Loyiha Konstitutsiyaviy ta’sis majlisi tomonidan tayyorlanadi. Bunga Italiya (1947-yilgi), Braziliya (1988-yilgi), Rossiya (1993-yilgi) Konstitutsiyalari misol bo‘la oladi. Konstitutsiyani qabul qilishning quyidagi usullarini ko‘rsatish mumkin: Konstitutsiya davlatning Asosiy Qonunidir. Konstitutsiya - oliy yuridik kuchga ega. Konstitutsiya alohida tartibda qabul qilinadi va o‘zgartiriladi. Konstitutsiya - eng muhim siyosiy hujjat. Konstitutsiya - eng muhim mafkuraviy hujjat. Konstitutsiya - eng muhim yuridik hujjat. Konstitutsiya milliy huquqiy tizimning o‘zagini (yadrosini) tashkil etadi. Konstitutsiya - huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning asosi. Konstitutsiyalarning yuridik mazmuni uning tarkibini tashkil etuvchi normalarda ifodalanib, ushbu konstitutsiyaviy normalar shaxs, jamiyat va davlat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yuridik mаzmunini quyidagi konstitutsiyaviy normalar tashkil etadi: qonun chiqaruvchi; ijroiya; sud organlari faoliyatining konstitutsiyaviy asoslarini yaratuvchi; inson huquqlari va erkinliklarini tartibga soluvchi normalar; fuqarolik jamiyati asoslarini tashkil etuvchi; tashqi siyosat asoslarini tashkil qiluvchi; moliya, mudofaa, xavfsizlik masalalarini tashkil etuvchi; Bugungi kunga kelib, Konstitutsiyalarning konstitutsiyaviy tartibga solish predmeti doirasining kengayib borishi esa, hozirgi zamon Konstitutsiyalariga xos alohida xususiyat sifatida e’tirof etiladi. Konstitutsiya ijtimoiy hayotning barcha sohalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sohalarga qarab Konstitutsiyaning quyidagi turli funksiyalarini ko‘rsatish mumkin. •Yuridik funksiyalari - huquqning asosiy manbayi. •Siyosiy funksiyalari davlat hokimiyati tashkil etilishining asoslarini o‘rnatadi. •Mafkuraviy funksiyalari jinoyatning eng asosiy ma’naviy- g‘oyaviy qadriyatlarini mustahkamlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling