I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
12
13
Konstitutsiyaviy huquq - davlat hokimiyati tashkil 
etilishini mustahkamlovchi, jamiyatning bugungi kuni va 
kelajagini belgilovchi, jamiyat va shaxs munosabatlarini 
tartibga soluvchi inson va fuqarolarning huquqlarini hamda 
davlatning ma’muriy-hududiy tuzulishini belgilovchi davlat 
organlari tizimi va ular faoliyatining eng muhim jihatlarini 
mustahkamlovchi huquqiy normalar yig‘indisidir.
Konstitutsiyaviy huquq predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy 
munosabatlar, boshqa huquq sohalari tomonidan tartibga 
solinadigan huquqiy munosabatlardan ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy munosabatlarni tartibga solish qoidalari bilan tubdan 
farq qiladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy huquqning 
predmetiga aloqador bo‘lgan hamma ijtimoiy munosabatlarni 
umumlashtiruvchi yagona manba bo‘lib hisoblanadi.
Konstitutsiya normalari eng muhim ijtimoiy munosabatlarni 
tartibga soladi. Boshqa huquq manbalarida ifodalangan 
normalar esa Konstitutsiya normalarini rivojlantirishga va 
hayotga tatbiq etishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasida davlatning ijtimoiy tuzum 
asoslari, siyosiy tizimi, iqtisodiy negizi, tashqi siyosatining 
konstitutsiyaviy prinsiplari o‘z ifodasini topgan. Unda 
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini 
belgilovchi normalar aks ettirilgan.
Konstitutsiya normalari davlat hokimiyati organlarini 
tashkil etish va ularning faoliyat prinsiplarini mustahkamlaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimiga 
aloqador bo‘lgan asosiy normalar ifodalangan. Shuningdek, 
mahalliy davlat hokimiyati asoslari, sud hokimiyati organlari, 
prokuratura organlariga aloqador normalar ham aks 
ettirilgan. Konstitutsiyaviy huquqning manbalari qatoriga 
davlat-huquqiy normalari aks ettirilgan qonunlar ham 
kiradi. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi 
Har bir davlat o‘zining alohida Konstitutsiyasiga ega. 
Shu bilan birga, barcha mamlakatlarning konstitutsiyaviy 
huquqiga xos bir qator umumiy jihatlar mavjud.
Konstitutsiyaviy huquq tarkiban uch elementdan tashkil 
topgan: birinchidan, konstitutsiyaviy-huquqiy normalar
ikkinchidan, konstitutsiyaviy-huquqiy prinsiplar; uchinchidan, 
konstitutsiyaviy-huquqiy institutlar;
Konstitutsiyaviy huquqning tizimi mamlakatimizning 
1992-yilgi Konstitutsiyasi tuzilishidan kelib chiqadi. Shunga 
asosan, Konstitutsiyaviy huquqning tizimini ko‘rsatish 
mumkin:
Konstitutsiyaviy tuzumning asoslari.
Insоn vа fuqarolarining аsоsiy huquqlari, erkinliklari va 
burchlari.
Jаmiyat vа shахs munоsаbаtlаrining konstitutsiyaviy 
asoslari.
Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishining konstitutsiyaviy 
asoslari.
Davlat hokimiyatining tаshkil etilishining konstitutsiyaviy 
asoslari.
Konstitutsiyaviy huquq milliy huquqiy tizimning eng 
muhim sohasi bo‘lib hisoblanadi. Bu huquq sohasida umumiy 
huquqqa tegishli bo‘lgan belgilar bilan bir qatorda, ushbu 
huquq sohasini boshqa huquq sohalaridan ajratib turuvchi 
o‘ziga xos xususiyatlar ham mavjud.
Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar deb, Konstitutsiyaviy 
huquqning predmetini tashkil qiluvchi muayyan ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarga 
aytiladi va ular barcha normalarga tegishli bo‘lgan o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Boshqa huquq normalari 
singari, ular ham davlat nomidan chiqariladi, umummajburiy 
qoidalarni o‘rnatadi, davlat tomonidan himoya qilinadi, 
ularning bajarilishi ta’minlanadi va kafolatlanadi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling