I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
10
11
Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi shaxs, jamiyat va davlat 
o‘rtasida vujudga keladigan va davlat hokimiyatini amalga 
oshirish jarayonida paydo bo‘ladigan, inson huquqlari va 
erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan munosabatlarni tartibga 
soluvchi konstitutsiyaviy huquqiy normalar tizimi (yig‘indisi)
dir.
Konstitutsiyaviy huquq - mustaqil huquq sohasi bo‘lib, u 
milliy huquqiy tizimning o‘zagi, yadrosini tashkil etadi.
Konstitutsiyaviy huquq - muayyan konstitutsiyaviy-
huquqiy normalar tizimi (yig‘indisi)dan iborat.
Shunday qilib, Konstitutsiyaviy huquq predmeti uchta katta 
ijtimoiy munosabatlar guruhidan iborat.
Konstitutsiyaviy huquq:
birinchidan: konstitutsiyaviy tizimni tashkil etish, ta’minlash 
va himoya qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni;
ikkinchidan: insonlarning konstitutsiyaviy huquq va 
erkinliklarini tartibiga solish, himoya qilish, qo‘riqlash va 
kafolatlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni;
uchinchidan: “Shaxs-jamiyat-davlat” o‘rtasidagi eng muhim 
munosabatlarni tartibga soladi.
Konstitutsiyaviy huquqni o‘rganishda bilish nazariyasining 
quyidagi metodlari keng qo‘llaniladi.
tarixiy uslub;
qiyosiy uslub;
mantiqiy uslub;
tizimli uslub;
sotsiologik uslub;
matematik uslub.
Konstitutsiyaviy huquqni o‘rganishda qo‘llaniladigan 
uslublar yig‘indisi ushbu mоdulning metodologiyasini tashkil 
etadi.
Umuman olganda har bir davlatda konstitutsiyaviy 
huquqning paydo bo‘lishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqining predmeti esa, 
XX asrning ikkinchi yarmida o‘zining yakuniy shaklini oldi.
Konstitutsiyaviy huquqning o‘ziga xos xususiyati shundan 
iboratki, konstitutsiyaviy-huquqiy normalar yordamida 
inson, jamiyat va davlat hokimiyatini amalga oshirish 
jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga 
solinadi. Konstitutsiyaviy huquq normalari inson, jamiyat 
va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi 
va ta’minlaydi. Bundagi ustuvor yo‘nalishlarni va oliy 
qadriyatlarni aniqlaydi va konstitutsiyaviy amaliyotni belgilab 
beradi. Bu oliy qadriyatlarga konstitutsiyaviy institutlar mos 
bo‘lishi kerak.
Konstitutsiyaviy institutlar esa o‘z navbatida jamiyat va 
davlat tuzilishining prinsiplarini, davlat hokimiyati organlari 
tuzilishi va tizimini, davlat hokimiyati tashkil etilishi va 
nazorat qilinishini o‘zida aks ettiradi.
Konstitutsiyaviy huquqning yana bir o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, u, avvalombor, ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni 
tartibga soladi. Ana shunday munosabatlar inson, jamiyat va 
davlat o‘rtasida kelib chiqadi.
Konstitutsiyaviy huquq normalari:
birinchidan, 
qonunchilik 
doirasida 
siyosiy 
munosabatlarning eng muhim qismini tartibga soladi;
ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarni muayyan tomonlarga 
yo‘naltiriladi, ya’ni konstitutsiyaviy huquqning norma va 
prinsiplari ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotini belgilab 
beradi.
Demak, Konstitutsiyaviy huquq o‘ziga xos predmetga ega. 
Uning predmetini, asosan, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar 
tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: O‘zbekiston 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling