I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
4
5
Konstitutsiyaviy huquq Konstitutsiyaviy tuzum 
asoslarini, shaxsning huquqiy holati asoslarini, jamiyat 
va shaxs munosabatlarini, ma’muriy-hududiy va davlat 
tuzilishi masalalarini, hokimiyatni tashkil etish va 
ularning faoliyati bilan bog‘liq masalalarni tartibga 
soluvchi huquqiy normalar yig‘indisidan iborat huquq 
tarmog‘i. Ana shu masalalar va ularni tartibga soluvchi 
huquqiy normalar “Konstitutsiyaviy huquq” mоduli 
tomonidan o‘rganiladi.
“Konstitutsiyaviy huquq”ning ta’lim jarayonidagi 
vazifasi Konstitutsiyani tаlаbаlarga chuqur o‘rgatishdir. 
Bu mоdul orqali Konstitutsiyaning ahamiyati, vazifasi, 
funksiyasi, yuridik tabiati, davlat tuzilishi, hokimiyatni 
tashkil etish, shaxsning huquqiy holati, jamiyat, fuqaro, 
davlat munosabatlari o‘rganiladi.
Prezidentimiz ta’birlari bilan aytganda, “Bosh 
qonunimizni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy 
etish va unga so‘zsiz amal qilish - barchamizning sharafli 
burchimizdir”.
“Konstitutsiyaviy huquq” mоdulining vazifasi faqat 
Konstitutsiyaviy huquq normalarini tаlаbаlar ongiga 
singdirish bilan cheklanmay, u tаlbаlarda qonunga, 
Konstitutsiyaviy tuzumga, boshqa fuqarolarga nisbatan 
hurmat tuyg‘usini shakllantirish vazifasini ham 
boshqaradi. Konstitutsiyani chuqur bilish orqali Vatanga 
sadoqat, jamiyatga hurmat paydo bo‘lib, belgilangan 
daxlsiz huquqlarini ta’minlash davlatimiz oldidagi 
oliy mas’uliyat ekanligi Konstitutsiyamizning asosiy 
g‘oyasi sifatida tanlab olindi. Konstitutsiyamizning 
barcha tamoyillari, avvalo, inson va fuqarolar huquq va 
erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, davlatning 
majburiyati ushbu huquq va erkinliklarni ta’minlashda 
aks etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida 
farmoni
1
bilan qabul qilingan, 2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ham 
aynan mamlakatimizda istiqbolda amalga oshirilishi 
lozim bo‘lgan konstitutsiyaviy islohotlarni nazarda tutadi.
Mazkur o‘quv qo‘llаnmа orqali Konstitutsiyamizning 
eng ustuvor huquqiy hujjat ekani, unda mohiyatan yangi 
konstitutsiyaviy tuzum asoslari mustahkamlangani 
hamda undagi prinsiplar va qoidalarga ijtimoiy 
hayotimizning barcha sohalarida amal qilinayotgani aniq 
misollar orqali e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining huquqiy fanlar tizimida 
“Konstitutsiyaviy huquqi” mоduli alohida o‘rin tutadi. 
Chunki ushbu mоdul orqali huquq tizimida yetakchi 
hisoblanuvchi Konstitutsiyaviy huquq o‘rganiladi.
1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli 
“O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 
farmoni. 
Ushbu Farmon “Xalq so’zi” gazetasining 2017-yil 8-fevraldagi 28 (6722)-sonida 
e’lon qilingan.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling