I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
8
9
16-moddasida esa “Inson huquqlari va erkinliklarining 
kafolatlari va hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipiga 
ega bo‘lmagan xalq konstitutsiyasiga ega bo‘lmaydi”, deb 
ta’kidlangan.
Ikkinchidan, insoniyat huquqiy tafakkurining mahsuli 
va umuminsoniy huquqiy qadriyat hisoblanadigan huquqiy 
nazariya va ta’limotlar. Masalan, inson huquqlarining tabiiy 
ajralmas ekanligi to‘g‘risidagi ta’limot konstitutsiyaviy 
huquqning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Tabiiy 
huquq kontsepsiyasi AQSHning Mustaqillik Deklaratsiyasida 
hamda Inson va fuqaro huquqlari Fransiya Deklaratsiyasida 
ilk bor mustahkamlangan edi. Hozirgi kunda inson huquqlari 
konstitutsiyaviy huquqning (predmetini) tashkil etuvchi 
asosiy masalalardan biridir.
Uchinchidan, dunyoda buyuk mutafakkirlarning davlat va 
huquqqa oid qoldirgan ulkan ilmiy-huquqiy merosi. Bunday 
olimlardan Fransuz mutafakkiri Shari Lui Monteskeni 
ko‘rsatish mumkin. U o‘zining “Qonunlar ruhi”asarida hozirgi 
zamon konstitutsiyaviy huquqining asosiy tamoyillaridan 
hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipini ilmiy va amaliy 
jihatdan asoslab bergan.
Sharqning buyuk qomusiy allomalari Burhoniddin 
Marg‘inoniy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiylar tomonidan 
bildirilgan davlat va huquqqa oid fikrlar ham Sharqda 
konstitutsiyaviy ta’limotlarning shakllanishida katta rol 
o‘ynagan.
To‘rtinchidan, 
turli 
davlatlarning 
konstitutsiyaviy 
qonunchiligi va amaliyoti. XVIII-XIX asrlarda Amerika va 
Еvropada qabul qilingan konstitutsiyalar konstitutsiyaviy 
huquqning mustaqil huquq sohasi sifatida shakllanishida 
katta rol o‘ynagan. Chunki konstitutsiyalar konstitutsiyaviy 
huquqning asosiy manbayi bo‘lib hisoblanadi.
“siyosiy tuzum” ma’nosini anglatib, XVII asrda Fransiyada 
ushbu atama renta hamda renta shartnomasiga nisbatan 
ishlatilgan. Keyinchalik “Konstitutsiya” so‘zi o‘zining asl 
ma’nosiga qaytib, ushbu atama bilan huquqiy tomondan 
belgilab qo‘yilgan “davlat tuzumi”, deb nomlana boshlagan. 
Buyuk Fransuz inqilobi arafasida esa “Konstitutsiya” iborasi 
orqali “davlatning ahvoli” ifodalangan.
O‘rta asrlarda Sharqda “Konstitutsiya” iborasining aynan 
o‘zi bevosita ishlatilmagan bo‘lsada, lekin XV-XVI asrlarda 
Amir Temur va Temuriylar davlatining asosiy xususiyatlarini 
o‘zida aks ettiruvchi “Temur tuzuklari” sharqona huquqiy 
madaniyatga monand konstitutsiyaviy hujjat edi.
Konstitutsiyaviy huquqning paydo bo‘lishiga va 
taraqqiyotiga bir qator konstitutsiyaviy ahamiyatga molik 
hujjatlar katta ta’sir ko‘rsatgan.
Bunday hujjatlar jumlasiga 1215-yilda Angliyada qabul 
qilingan “Erkinliklarning buyuk Xartiyasi”, 1697-yilgi “Xabeas 
korpus akt” (“Habeas Corpus Act”) va boshqa bir qator hujjatlar 
kiradi. Yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar hozirgi kunda ham 
Buyuk Britaniyada amaldagi konstitutsiyaviy hujjatlardan 
bo‘lib hisoblanadi.
Shunday qilib, konstitutsiyaviy huquq mоduli o‘ziga xos 
tarixiy taraqqiyot davomida vujudga kelgan.
Konstitutsiyaviy huquqning shakllanishida bir qancha 
omillar ta’sir ko‘rsatgan. Bunday omillar jumlasiga quyidagilar 
kiradi.
Birinchidan, dastlabki konstitutsiyaviy ahamiyatga 
molik hujjatlar. Masalan, AQSHning 1776-yilgi “Mustaqillik 
deklaratsiyasi” va 1789-yilgi “Inson va fuqaro huquqlari 
Fransuz Deklaratsiyasi”ni misol qilib ko‘rsatish mumkin. 
Amerikaning “Mustaqillik Deklaratsiyasi”da ilk bor “Xalq 
davlat hokimiyatning manbayidir” degan konstitutsiyaviy 
qoida mustahkamlangan edi. Fransuz Deklaratsiyasining 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling