I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
26
27
baho berib, ishni tashkil etishni yanada yaxshilash maqsadida 
25 kishidan iborat tarkibda yangi ishchi guruhi tuzdi va uning 
zimmasiga yanada aniqroq vazifalarni qo‘ydi.
Bu vazifalar:
• xorijiy mamlakatlarda huquqiy demokratik davlat qurish 
tajribasini o‘rganib, umumlashtirib, uning huquqiy jihatlarini 
Konstitutsiya loyihasini ishlashda hisobga olish;
• O‘zbekistonning demografik va ijtimoiy-siyosiy turmush 
tarzini, taraqqiyoti tajribasini, deputatlarning, turli ijtimoiy 
guruhlarning, milliy-madaniy markazlarning mulohazalari 
va takliflarini o‘rganish va natijalardan loyiha ishlashda 
foydalanish;
• Konstitutsiyaviy komissiya a’zolaridan tushgan takliflarni 
ko‘rib chiqish va loyihaga ular asosida o‘zgartirishlar kiritish.
Ana shu vazifalarni bajarish asosida 1992-yil sentаbr 
oyining oxirida ancha takomillashgan loyiha vujudga keldi 
va 26-sentаbrdagi komissiya qarori bilan loyiha umumxalq 
muhokamasi uchun ommaviy axborot vositalarida e’lon 
qilindi va bu bilan loyiha tayyorlash yangi bosqichga kirdi.
1992-yil 26-sentabrda muhokamaga qo‘yilgan loyiha 
yuzasidan tushgan taklif va istaklar o‘rganilib, inobatga olinib, 
loyihaga o‘zgartirishlar kiritilib, yangi tahrirda 21-noyabrda 
yana muhokama uchun e’lоn qilindi. Konstitutsiya ishlab 
chiqish va qabul qilishga O‘zbekistonning o‘ziga xos 
yondashuvi, aytish mumkinki, Konstitutsiya qabul qilish jahon 
tajribasiga O‘zbekistonning qo‘shgan hissasi bo‘ldi. Chunki 
aksariyat hollarda loyiha bir marta muhokama qilinadi.
Hech ikkilanmay aytish mumkinki, muhokama haqiqiy 
— demokratik, erkin va oshkora o‘tdi. Ommaviy axborot 
vositalari har qanday fikrni to‘siqsiz, o‘zgarishsiz e’lоn 
qildi. Televideniе va radioda muntazam, to‘g‘ridan to‘g‘ri 
muhokamaga bag‘ishlangan ko‘rsatuv va eshittirishlar tashkil 
Shu maqsadda xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganildi, 
e’tiborga olindi, demokratiya masalalarini hal qilish vazifasi 
Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini belgilashda bosh 
omil bo‘ldi.
Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqilar ekan, ana shu vazifalar 
to‘la bajarilishi bilan, Konstitutsiya normalariga, qoidalariga, 
xalqimiz davlatchiligining an’analari singdirildi, shu tufayli 
xalq diliga yaqin va hamma tushunadigan hujjat yaratish 
mumkin bo‘ldi.
Jahon qonunchilik tajribasi o‘rganilishi bilan bir qatorda, 
milliy qonunchiligimiz, uning asosi bo‘lgan bobokalonlarimiz 
ta’limoti, jumladan, «Temur tuzuklari» yanada sinchiklab 
o‘rganildi va loyihada foydalanildi. Bularning hammasi 
Konstitutsiya yaratilganda kuchli zaminga tayanilganligini 
ko‘rsatdi.
Konstitutsiya yaratilishida muqobil Konstitutsiya loyihalari 
tayyorlanganligi, qiyoslash va chuqur o‘rganish asosida, 
ularning eng ma’quli tanlab olinib, takomillashtirilib, u asosida 
yagona loyiha tayyorlanganligi to‘g‘ri yo‘ldan borishga sabab 
bo‘ldi.
Konstitutsiya loyihasining dastlabki varianti 1991-yil 
noyabrda 158-moddadan iborat loyiha tayyorlanib, uning 
ustida 1992-yil bahorigacha juda katta ish olib borildi. Loyiha 
tayyorlash davrida O‘zbekiston hayotida olamshumul voqea 
sodir bo‘ldi — u mustaqillikka erishdi. Konstitutsiya mazmun 
mohiyatiga mamlakatimizning mustaqillikka erishishi 
katta ta’sir qildi. Loyihaning birinchi varianti guruhlarda 
takomillashtirilib, 1992-yil boshida 149-moddadan iborat 
loyihaning ikkinchi varianti tayyorlandi. Navbatdagi komissiya 
yig‘ilishida qilingan ishlar muhokama qilindi va vazifalar 
belgilandi. Komissiya qilingan ishlarni o‘rganib chiqib, unga 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling