I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
170
171
aslida insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, 
milliy davlatchilik asoslari, mamlakatimizda qonuniylikni 
himoya qilishning siyosiy huquqiy mexanizmlarini yaratadi.
Yuqoridagi qoidalar demokratik tamoyillarga, rivojlangan 
mamlakatlarning konstitutsiyaviy tajribasiga to‘la muvofiqdir. 
Masalan, Germaniya Asosiy qonunining 5-moddasi matbuot, 
radio va televidenie xabarlarining erkinligini kafolatlaydi, 
shuningdek, tsenzurani taqiqlaydi.
Italiyada OAV faohyati Konstitutsiyaning matbuot 
erkinligini kafolatlovchi 21-moddasiga asoslanadi.
Xorijiy 
mamlakatlaming 
konstitutsiyalari 
bizning 
Konstitutsiyamiz singari nafaqat OAVning erkinligini 
kafolatlaydi, balki ularning zimmasiga axborot ishonchliligi 
uchun mas’uliyat yuklaydi. Masalan, Gretsiya Konstitutsiyasi 
jamiyat ma’naviyatiga tajovuz qiladigan, uyatsiz tusdagi 
nashr materiallari mazmuni uchun javobgarlik belgilaydi 
(14-modda). Shuningdek, OAV mamlakat va millatga tuhmat 
uyushtirish, tarqatishga haqli emas, agressiya urushi, milliy, 
irqiy, sinfiy, diniy adovat, kamsitish, hududiy separatizm 
qo‘zg‘atish, ommaviy zo‘ravonlik targdb qilish, jamiyat 
hayotiga, yaxshi axloq-odob qoidalariga zid uyatsiz xatti 
harakatlar taqiqlanadi (Ruminiya Konstitutsiyasining 
30-moddasi, Italiya Konstituiyasi 21-moddasi, Gretsiya 
Konstitutsiyasi 14-moddasi).
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va uning asosida 
tasdiqlangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” 
Davlat dasturi ommaviy axborot vositalarining hozirgi zamon 
rivojlanishi bosqichida muhim turtki bo‘ldi.
Davlat dasturida “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi 
va “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga OAVni davlat tomonidan 
qo‘llab quvvatlash aniq mexanizmlarini, shuningdek, 
10-moddasi 1-bandiga muvofiq har kim o‘z fiknni erkin 
bildirish huquqiga ega. Bu huquq o‘z fikriga ega bo‘lishdan 
va rasmiy hokimiyat tomonidan qandaydir aralashuvsiz va 
davlat chegarasidan qatdy nazar axborot va g‘oyalarni olish 
va tarqatish erkinligidan iboratdir. Bundan tashqari, Matbuot 
erkinligi xartiyasi (London, 1987-yil) birinchi qismida 
aytilganidek, “har qanday tsenzura, bevosita yoki bilvosita, 
nomaqbuldir. SHu munosabat bilan ommaviy axborot vosital 
arming ma’lumotlarni erkin to‘plash va tarqatish huquqini 
cheklaydigan qonunlar va amaliyot bekor qilinishi, mahalliy 
va markazy hokimiyat organlari esa e’lon qilinayotgan yoki 
uzatilayotgan xabarlarning mazmuniga aralashmasliklari, 
shuningdek, 
axborot 
manbalaridan 
foydalanishni 
cheklamasliklari shart”.
Shu bilan birga tsenzuraga yo‘l qo‘ymaslik hamma narsa 
mumkin, degani emas. Qonunchilikda ommaviy axborot 
vositalaridan foydalanishda muayyan cheklovlar nazarda 
tutilgan bo‘lib, ular jamiyat va davlat xavfsizligini, shuningdek, 
inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bilan izohlanadi. 
Masalan, ommaviy axborot vositalaridan O‘zbekiston 
Respubhkasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy 
yaxlitligini zo‘rhk bilan o‘zgartirishga da’vat qilish; urush, 
zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, 
separatizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish; davlat 
siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan 
boshqa sirni oshkor etish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat 
qo‘zg‘atuvchi axborot tarqatish; giyohvandlik vositalari 
psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish; 
pornografiyani targ‘ib etish; qonunga muvofiq jinoiy va o‘zga 
javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa harakatlarni sodir 
etish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (“Ommaviy 
axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasi).
Shu o‘rinda ko‘rsatilgan huquqiy ko‘rsatmalar, taqiqlar 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling