I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
172
173
obro‘siga putur etkazadigan axborot tarqatish muayyan 
yuridik oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu 
normalar 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining fuqarolarning sha’ni va qadr qimmatini 
muhofaza qiluvchi, ularni huquqiy vositalar bilan himoya qilishni 
kafolatlovchi boshqa moddalariga, milliy qonunchilikning 
normalariga to‘la mosdir. Misol uchun, Fuqarolik kodeksining 
100-moddasiga binoan fuqaro o‘zining sha’ni, qadr-qimmati 
yoki ishchanlik obro‘siga putur etkazuvchi ma’lumotlar 
yuzasidan, basharti bunday ma’lumotlarni tarqatgan shaxs 
ularning haqiqatga to‘g‘ri kelishini isbotlay olmasa, sud yo‘li 
bilan raddiya talab qilishga haqli.
Shu kabi norma “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi 
Qonunning 34-moddasida nazarda tutilgan bo‘lib, unga ko‘ra, 
yuridik yoki jismoniy shaxs ommaviy axborot vositasida 
e’lon qilingan, haqiqatga mos kelmaydigan hamda o‘zining 
sha’ni va qadr-qimmati yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlovchi 
ma’lumotlar uchun raddiya berishni tahririyatdan talab 
qilishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksida fuqarolarning huquq va erkinliklariga, xususan 
sha’ni va qadrqimmatiga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar 
- tuhmat (40-modda) va haqorat qilish (41-modda) uchun 
ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Shu kabi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksida (VI bob) ham nazarda tutilgan.
OAVning qonunda belgilangan o‘z vazifalariga mas’uliyatli 
munosabat nafaqat huquqiy vositalar, balki jurnalistlar 
hamjamiyati tomonidan qabul qilingan axloq qoidalari bilan 
ham ta’minlanadi. 2006-yil 23-martda Mustaqil bosma 
ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-
OAVning jamoat nazoratini amalga oshirishda faol ishtirok 
etishi qo‘shimcha kafolatlarni, pirovard maqsadida “Kuchli 
davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini ro‘yobga 
chiqarishga qaratilgan boshqa choralarni mustahkamlashga 
qaratilgan tuzatishlar kiritildi.
Ommaviy axborot vositalari axborotning to‘g‘riligi uchun 
belgilangan tartibda javobgardirlar. Ta’kidlash joizki, OAVning 
axborotga nisbatan mas’uliyatli munosabatiga mamlakatning 
ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi, xavfsizligi, 
demokratik o‘zgarishlar yo‘lidagi mustahkam rivoji bog‘liqdir. 
Bularning barchasi, o‘z navbatida, OAVga muayyan javobgarlik 
yuklaydi. CHunki OAVning erkinligi – bu nafaqat huquq, balki 
ayni vaqtda muayyan javobgarlik hamdir.
“Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonunining 
6-moddasida 
belgilanganidek, o‘z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish 
chog‘ida jumalist o‘zi tayyorlayotgan materiallarining to‘g‘ri 
yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim 
etishi shart. U o‘zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar 
hamda materiallarning haqqoniy bodishi uchun qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir (“Jurnalistlik 
faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 15-moddasi).
Bundan tashqari, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi 
to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonunining 
11-moddasida belgilanganidek, ommaviy axborot vositalari 
e’lon qilinayotgan axborotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlari 
shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi 
uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar 
bo‘ladilar.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida 
nazarda tutilganidek, OAVda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan 
yoki fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling