I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/224
Sana15.11.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1776032
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   224
Bog'liq
Konstitutsiyaviy huquq 2020 @huquq fanidan testlar

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
180
181
nazorati ostida bo‘ladi. Markaziy hokimiyat mahalliy organlar 
ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab, 
markazlashgan va markazlashmagan unitar davlatlarga 
bo‘linadi.
Bundan tashqari ba’zi unitar davlatlarda ma’muriy-
hududiy bo‘linmalarning ayrimlariga boshqalarga qaraganda 
imtiyozliroq huquqiy maqom berilishi mumkin. Bunday unitar 
davlat nisbiy ma’muriy mustaqil muxtoriyat (avtonomiya)ga 
ega bo‘ladi. Muxtoriyatlar mustaqilligi markaziy hokimiyat 
belgilagan doiradagina bo‘ladi.
Unitar davlatlar hududida boshqa mustaqil davlatlar 
bo‘lmaydi. Unitar davlatdagi ma’muriy-hududiy bo‘linmalar 
faqat mahalliy masalalarni hal qilish huquqiga ega, markaziy 
yagona davlat hokimiyati kuchi davlatning barcha hududiga 
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Unitar davlatlarga ko‘plab misollar 
keltirish mumkin. Masalan, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, 
Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston unitar davlat hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda davlatlarning rivojlanishi “sof holda”gi unitar 
va federativ davlatlarning kam uchrashiga olib kelmoqda. 
Unitar davlatlar ayrim huquqlarini ma’muriy-hududiy 
bo‘linmalariga bermoqda, federativ shakldagi davlatlarda esa 
ularning markaziy organlari hokimiyatlarini butun federatsiya 
hududida mustahkamlashga harakat qilmoqdalar. Demak “sof 
holda”gi unitar va federativ davlat shakllari kam uchraydi.
2-§. O‘zbekiston Respublikasining 
ma’muriy-hududiy tuzilishi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoning o‘rta 
va shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, shimoli-sharqda 
Qirg‘iziston, shimol va shimoliy-g‘arbda Qozog‘iston 
Respublikalari, janubiy-g‘arbda Turkmaniston, janubiy-
sharqda Tojikiston Respublikasi bilan, janubda qisman 
qilishadi. Davlat o‘z oldida turgan asosiy vazifalarni, masalan, 
aholining iqtisodiy turmushini tashkil etish, aholining 
xavfsizligini ta’minlash va boshqa vazifalarni amalga oshirish 
maqsadida turli xil faoliyatni yuritadi. Agar davlatda aholining 
soni ko‘p bo‘lsa, hududiy jihatdan ancha katta bo‘lsa, bu 
sharoitlarda markazdan turib bu faoliyatni amalga oshirish 
mushkuldir.
Hududi katta, aholisi zich va milliy-etnik tarkibi turli-tuman 
bo‘lgan davlatlarda ma’muriy boshqaruv samaradorligini 
oshirish va mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda huquqiy 
demokratik prinsiplarni tabaqalashgan tarzda shakllantirish 
kabi bir qancha masalalarni xal qilish uchun yagona davlat yer 
kengliklari ma’lum bir qismlarga ajratiladi.
Davlat tuzilishi shakli-davlat hokimiyatining ma’muriy-
hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar 
va ushbu qismlar hamda markaziy va mahalliy organlar 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardir. Demak, davlat tuzilishida 
davlatning ma’muriy- hududiy tashkil etilishi eng birlamchi 
ko‘rsatkich va asosiy elementlaridan biridir.
Davlat tuzilishiga ko‘ra davlatlar oddiy - unitar (lotincha 
so‘zdan olingan bo‘lib, «yagona» degan ma’noni anglatadi) 
hamda murakkab - federativ yoki konfederativ davlatlarga 
bo‘linadi. Davlatning tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat 
bilan, balki davlatning yana bir muhim xususiyati - aholining 
hududiy tashkiloti bilan ham chambarchas bog‘liqdir.
Unitar davlatlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri 
shundaki, ularda markazlashtirish turli shakllarda va turli 
darajada bo‘ladi. Ba’zi unitar davlatlarda mahalliy organlar 
bo‘lmaydi va ma’muriy-hududiy bo‘linmalar markaziy 
hokimiyat vakillari tomonidan boshqariladi. Mahalliy organlar 
tashkil etilgan unitar davlatlarda esa, ular markaziy hokimiyat 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling