I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
22
23
qadar  tekshirilishi  va  ikkinchidan,  keyingi,  ya’ni  normativ-
huquqiy hujjatning kuchga kirganidan so‘ng tekshirilishidan 
iborat.
Huquqiy oqibatlarga ko‘ra, konstitutsiyaviy nazorat qaror 
qiluvchi  va  tavsiyaviy  nazoratga  bo‘linadi.  Qaror  qiluvchi 
konstitutsiyaviy  nazoratda  konstitutsiyaviy,  deb  topilgan 
normativ-huquqiy  hujjat  o‘zining  yuridik  kuchini  yo‘qotadi. 
Tavsiyaviy  konstitutsiyaviy  nazoratda,  esa  shu  me’yoriy 
huquqiy hujjatni qabul qilgan organga uni bekor qilish tavsiya 
etiladi.
Majburiyligi  darajasiga  ko‘ra,  konstitutsiyaviy  nazorat 
majburiy  va  fakultativ  turlarga  bo‘linadi.  Majburiy 
konstitutsiyaviy  nazorat  qonun  talabiga  muvofiq  amalga 
oshiriladi.  Fakultativ-konstitutsiyaviy  nazorat  esa,  vakolati 
bo‘lmagan sub’ekt tashabbusi bilan o‘tkaziladi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling