I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
18
19
•Teokratik davlatlar Konstitutsiyalari.
Konstitutsiyalarni quyidagi turlarga ham bo‘lish mumkin:
•Demokratik Konstitutsiyalar.
•Avtoritar Konstitutsiyalar.
•Totalitar Konstitutsiyalar.
Konstitutsiyaviy  huquq  fanida  Konstitutsiya  tushunchasi 
ikki  xil  ma’noga  ega,  deb  qaraladi.  Shu  ma’noda  formal  va 
moddiy Konstitutsiya farqlanadi.
Hozirgi  zamon  konstitutsiyaviy  huquq  fanida  formal 
Konstitutsiya deganda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga 
nisbatan  yuqori  yuridik  kuchga  ega  bo‘lgan,  qabul  qilinishi 
va o‘zgartirilishi alohida tartibda amalga oshiriladigan qonun 
tushuniladi.
Moddiy  Konstitutsiya  deganda  esa  davlat  hokimiyatini 
tashkil  etishni  tartibga  soluvchi  normalar  yig‘indisi 
tushuniladi. Bundagi asosiy narsa tartibga solish predmeti va 
ijtimoiy munosabatlarning mazmunidir.
Fransuz  olimi  F.Ardan:  “Konstitutsiya  —  davlat 
hokimiyatining  sinonimidir.  Shuning  uchun,  hatto  yozma 
hujjat  bo‘lmaganda  ham  davlat  o‘z  Konstitutsiyasiga  ham 
ega  bo‘ladi.  Agar  davlat  yozma  hujjatga  ega  bo‘lganda  ham 
Konstitutsiyani o‘zida aks ettirmaydi”, - deb yozgan edi.
Zamonaviy  konstitutsiyaviy  huquq  fanida  moddiy  yoki 
amaliy Konstitutsiya deganda, davlat hokimiyatini hayotdagi 
amalga oshirilishi tushiniladi.
Moddiy  Konstitutsiya  -  real  harakatdagi  amaliy 
Konstitutsiyadir.
Formal  yoki  yuridik  Konstitutsiya  -  davlatning  asosiy 
qonunidir.  Yuridik  Konstitutsiya  davlat  hokimiyatini  tashkil 
etish  va  shaxsni  huquqiy  maqomini  belgilash  asoslarini 
mustahkamlaydi.
Konstitutsiya eng muhim yuridik hujjat, oliy normativ — 
huquqiy akt sifatida quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi.
•Formal  Konstitutsiya  -  Asosiy  Qonun  bo‘lib,  alohida 
tartibda qabul qilinadi va oliy yuridik kuchga ega.
Ikkinchidan,  konstitutsiyalarni  shakliga  ko‘ra  quyidagi 
turlarga bo‘lish mumkin:
•Yozma konstitutsiyalar.
•Og‘zaki  (yozilmagan)  konstitutsiyalar  -  Yangi  Zelandiya, 
Butan kabi davlatlar Konstitutsiyalari.
•Yaxlit konstitutsiyalar - Konstitutsiya matni yaxlit bo‘lib, 
bir  vaqtda  qabul  qilinadi.  Masalan,  O‘zbekiston,  Rossiya, 
Braziliya  Konstitutsiyalari  yaxlit  Konstitutsiyalarga  misol 
bo‘la oladi.
•Yaxlit  bo‘lmagan  (noyaxlit)  konstitutsiyalar  -  bunday 
Konstitutsiyalar turli vaqtda qabul qilingan qonunlardan iborat 
bo‘ladi. Masalan, Shvetsiya, Finlandiya, Isroil konstitutsiyalari.
•Yumshoq konstitutsiyalar - bunday Konstitutsiyalar oddiy 
qonunlar kabi o‘zgartiriladi. 
•Qattiq  konstitutsiyalar  -  alohida  murakkab  tartibda 
o‘zgartiriladi.  Masalan,  AQSh,  Rossiya,  O‘zbekiston 
konstitutsiyalari.
•Doimiy  konstitutsiyalar.  Aksariyat  konstitutsiyalar 
doimiydir.
•Vaqtinchalik (muvaqqat) konstitutsiyalar - Iroqda 1970-
yil  Birlashgan  Arab  Amirligida  1971-yildan  beri  harakatda 
bo‘lgan konstitutsiyalar.
Uchinchidan, 
konstitutsiyalarni 
ularning 
ijtimoiy 
mazmuniga qarab ham bir necha turga bo‘lish mumkin. Hozirgi 
kunda  dunyoda  300  dan  ortiq  Konstitutsiya  bor  (federativ 
davlatlar  sub’ektlarining  Konstitutsiyalari  bilan  birga).  Bu 
Konstitutsiyalar turli tarixiy davrda qabul qilingan bo‘lib, har 
xil ijtimoiy mazmunga ega.
•G‘arb mamlakatlari Konstitutsiyalari.
•Rivojlanayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari.
•O‘tish davri mamlakatlari Konstitutsiyalari.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling