KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
14
15
manbayi bo‘lib, faqat O‘zbekiston Respublikasining davlat
tuzilishini, konstitutsiyaviy hokimiyatini amalga oshirish va
tashkil etish jarayonida vujudga keladigan hamda O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolarining huquqiy holatini ifoda etadigan
hujjatlar hisoblanadi.
Konstitutsiyaviy
huquq
manbalarining
tasnifi
quyidagilardan iborat:
• Konstitutsiyaviy huquqning bosh manbayi bo‘lib,
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi.
•O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqiy
normalarini belgilaydigan qonunlari (Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi, Oliy Majlis Senati to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy
qonunlar, Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risidagi, fuqarolik
to‘g‘risidagi qonun, saylov kоdеksi va shu kabilar).
•O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
farmoyishlari va qarorlari.
•O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror
va boshqa hujjatlari.
•Mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘z vakolatlari
doirasida umumiy qoidalarni o‘z ichiga olgan, o‘sha hududda
kuchga ega bo‘lgan hujjatlari kirаdi.
Shuningdek, O‘zbekistondagi huquqshunos olimlarning
ilmiy asarlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari fanning
manbalarini tashkil etadi.
2-
Do'stlaringiz bilan baham: |