I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
8
9
16-moddasida  esa  “Inson  huquqlari  va  erkinliklarining 
kafolatlari  va  hokimiyat  vakolatlarini  taqsimlash  prinsipiga 
ega  bo‘lmagan  xalq  konstitutsiyasiga  ega  bo‘lmaydi”,  deb 
ta’kidlangan.
Ikkinchidan,  insoniyat  huquqiy  tafakkurining  mahsuli 
va  umuminsoniy  huquqiy  qadriyat  hisoblanadigan  huquqiy 
nazariya  va  ta’limotlar.  Masalan,  inson  huquqlarining  tabiiy 
ajralmas  ekanligi  to‘g‘risidagi  ta’limot  konstitutsiyaviy 
huquqning  shakllanishiga  katta  ta’sir  ko‘rsatgan.  Tabiiy 
huquq kontsepsiyasi AQSHning Mustaqillik Deklaratsiyasida 
hamda Inson va fuqaro huquqlari Fransiya Deklaratsiyasida 
ilk bor mustahkamlangan edi. Hozirgi kunda inson huquqlari 
konstitutsiyaviy  huquqning  (predmetini)  tashkil  etuvchi 
asosiy masalalardan biridir.
Uchinchidan, dunyoda buyuk mutafakkirlarning davlat va 
huquqqa oid qoldirgan ulkan ilmiy-huquqiy merosi. Bunday 
olimlardan  Fransuz  mutafakkiri  Shari  Lui  Monteskeni 
ko‘rsatish mumkin. U o‘zining “Qonunlar ruhi”asarida hozirgi 
zamon  konstitutsiyaviy  huquqining  asosiy  tamoyillaridan 
hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipini ilmiy va amaliy 
jihatdan asoslab bergan.
Sharqning  buyuk  qomusiy  allomalari  Burhoniddin 
Marg‘inoniy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiylar tomonidan 
bildirilgan  davlat  va  huquqqa  oid  fikrlar  ham  Sharqda 
konstitutsiyaviy  ta’limotlarning  shakllanishida  katta  rol 
o‘ynagan.
To‘rtinchidan, 
turli 
davlatlarning 
konstitutsiyaviy 
qonunchiligi  va  amaliyoti.  XVIII-XIX  asrlarda  Amerika  va 
Еvropada  qabul  qilingan  konstitutsiyalar  konstitutsiyaviy 
huquqning  mustaqil  huquq  sohasi  sifatida  shakllanishida 
katta  rol  o‘ynagan.  Chunki  konstitutsiyalar  konstitutsiyaviy 
huquqning asosiy manbayi bo‘lib hisoblanadi.
“siyosiy  tuzum”  ma’nosini  anglatib,  XVII  asrda  Fransiyada 
ushbu  atama  renta  hamda  renta  shartnomasiga  nisbatan 
ishlatilgan.  Keyinchalik  “Konstitutsiya”  so‘zi  o‘zining  asl 
ma’nosiga  qaytib,  ushbu  atama  bilan  huquqiy  tomondan 
belgilab  qo‘yilgan  “davlat  tuzumi”,  deb  nomlana  boshlagan. 
Buyuk Fransuz inqilobi arafasida esa “Konstitutsiya” iborasi 
orqali “davlatning ahvoli” ifodalangan.
O‘rta  asrlarda  Sharqda  “Konstitutsiya”  iborasining  aynan 
o‘zi  bevosita  ishlatilmagan  bo‘lsada,  lekin  XV-XVI  asrlarda 
Amir Temur va Temuriylar davlatining asosiy xususiyatlarini 
o‘zida  aks  ettiruvchi  “Temur  tuzuklari”  sharqona  huquqiy 
madaniyatga monand konstitutsiyaviy hujjat edi.
Konstitutsiyaviy  huquqning  paydo  bo‘lishiga  va 
taraqqiyotiga  bir  qator  konstitutsiyaviy  ahamiyatga  molik 
hujjatlar katta ta’sir ko‘rsatgan.
Bunday  hujjatlar  jumlasiga  1215-yilda  Angliyada  qabul 
qilingan “Erkinliklarning buyuk Xartiyasi”, 1697-yilgi “Xabeas 
korpus akt” (“Habeas Corpus Act”) va boshqa bir qator hujjatlar 
kiradi.  Yuqorida  sanab  o‘tilgan  hujjatlar  hozirgi  kunda  ham 
Buyuk  Britaniyada  amaldagi  konstitutsiyaviy  hujjatlardan 
bo‘lib hisoblanadi.
Shunday  qilib,  konstitutsiyaviy  huquq  mоduli  o‘ziga  xos 
tarixiy taraqqiyot davomida vujudga kelgan.
Konstitutsiyaviy  huquqning  shakllanishida  bir  qancha 
omillar ta’sir ko‘rsatgan. Bunday omillar jumlasiga quyidagilar 
kiradi.
Birinchidan,  dastlabki  konstitutsiyaviy  ahamiyatga 
molik  hujjatlar.  Masalan,  AQSHning  1776-yilgi  “Mustaqillik 
deklaratsiyasi”  va  1789-yilgi  “Inson  va  fuqaro  huquqlari 
Fransuz  Deklaratsiyasi”ni  misol  qilib  ko‘rsatish  mumkin. 
Amerikaning  “Mustaqillik  Deklaratsiyasi”da  ilk  bor  “Xalq 
davlat  hokimiyatning  manbayidir”  degan  konstitutsiyaviy 
qoida  mustahkamlangan  edi.  Fransuz  Deklaratsiyasining 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling