I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
12 13 Konstitutsiyaviy huquq - davlat hokimiyati tashkil etilishini mustahkamlovchi, jamiyatning bugungi kuni va kelajagini belgilovchi, jamiyat va shaxs munosabatlarini tartibga soluvchi inson va fuqarolarning huquqlarini hamda davlatning ma’muriy-hududiy tuzulishini belgilovchi davlat organlari tizimi va ular faoliyatining eng muhim jihatlarini mustahkamlovchi huquqiy normalar yig‘indisidir. Konstitutsiyaviy huquq predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar, boshqa huquq sohalari tomonidan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlardan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlarni tartibga solish qoidalari bilan tubdan farq qiladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy huquqning predmetiga aloqador bo‘lgan hamma ijtimoiy munosabatlarni umumlashtiruvchi yagona manba bo‘lib hisoblanadi. Konstitutsiya normalari eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Boshqa huquq manbalarida ifodalangan normalar esa Konstitutsiya normalarini rivojlantirishga va hayotga tatbiq etishga qaratilgan bo‘ladi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida davlatning ijtimoiy tuzum asoslari, siyosiy tizimi, iqtisodiy negizi, tashqi siyosatining konstitutsiyaviy prinsiplari o‘z ifodasini topgan. Unda fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini belgilovchi normalar aks ettirilgan. Konstitutsiya normalari davlat hokimiyati organlarini tashkil etish va ularning faoliyat prinsiplarini mustahkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida saylov tizimiga aloqador bo‘lgan asosiy normalar ifodalangan. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati asoslari, sud hokimiyati organlari, prokuratura organlariga aloqador normalar ham aks ettirilgan. Konstitutsiyaviy huquqning manbalari qatoriga davlat-huquqiy normalari aks ettirilgan qonunlar ham kiradi. Masalan, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi Har bir davlat o‘zining alohida Konstitutsiyasiga ega. Shu bilan birga, barcha mamlakatlarning konstitutsiyaviy huquqiga xos bir qator umumiy jihatlar mavjud. Konstitutsiyaviy huquq tarkiban uch elementdan tashkil topgan: birinchidan, konstitutsiyaviy-huquqiy normalar; ikkinchidan, konstitutsiyaviy-huquqiy prinsiplar; uchinchidan, konstitutsiyaviy-huquqiy institutlar; Konstitutsiyaviy huquqning tizimi mamlakatimizning 1992-yilgi Konstitutsiyasi tuzilishidan kelib chiqadi. Shunga asosan, Konstitutsiyaviy huquqning tizimini ko‘rsatish mumkin: Konstitutsiyaviy tuzumning asoslari. Insоn vа fuqarolarining аsоsiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. Jаmiyat vа shахs munоsаbаtlаrining konstitutsiyaviy asoslari. Ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishining konstitutsiyaviy asoslari. Davlat hokimiyatining tаshkil etilishining konstitutsiyaviy asoslari. Konstitutsiyaviy huquq milliy huquqiy tizimning eng muhim sohasi bo‘lib hisoblanadi. Bu huquq sohasida umumiy huquqqa tegishli bo‘lgan belgilar bilan bir qatorda, ushbu huquq sohasini boshqa huquq sohalaridan ajratib turuvchi o‘ziga xos xususiyatlar ham mavjud. Konstitutsiyaviy-huquqiy normalar deb, Konstitutsiyaviy huquqning predmetini tashkil qiluvchi muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalarga aytiladi va ular barcha normalarga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Boshqa huquq normalari singari, ular ham davlat nomidan chiqariladi, umummajburiy qoidalarni o‘rnatadi, davlat tomonidan himoya qilinadi, ularning bajarilishi ta’minlanadi va kafolatlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling