I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
4
5
Konstitutsiyaviy huquq —  Konstitutsiyaviy  tuzum 
asoslarini,  shaxsning  huquqiy  holati  asoslarini,  jamiyat 
va  shaxs  munosabatlarini,  ma’muriy-hududiy  va  davlat 
tuzilishi  masalalarini,  hokimiyatni  tashkil  etish  va 
ularning  faoliyati  bilan  bog‘liq  masalalarni  tartibga 
soluvchi  huquqiy  normalar  yig‘indisidan  iborat  huquq 
tarmog‘i.  Ana  shu  masalalar  va  ularni  tartibga  soluvchi 
huquqiy  normalar  “Konstitutsiyaviy  huquq”  mоduli 
tomonidan o‘rganiladi.
“Konstitutsiyaviy  huquq”ning  ta’lim  jarayonidagi 
vazifasi  Konstitutsiyani  tаlаbаlarga  chuqur  o‘rgatishdir. 
Bu  mоdul  orqali  Konstitutsiyaning  ahamiyati,  vazifasi, 
funksiyasi,  yuridik  tabiati,  davlat  tuzilishi,  hokimiyatni 
tashkil etish, shaxsning huquqiy holati, jamiyat, fuqaro, 
davlat munosabatlari o‘rganiladi.
Prezidentimiz  ta’birlari  bilan  aytganda,  “Bosh 
qonunimizni  chuqur  o‘rganish,  anglash,  hayotga  joriy 
etish va unga so‘zsiz amal qilish - barchamizning sharafli 
burchimizdir”.
“Konstitutsiyaviy  huquq”  mоdulining  vazifasi  faqat 
Konstitutsiyaviy  huquq  normalarini  tаlаbаlar  ongiga 
singdirish  bilan  cheklanmay,  u  tаlbаlarda  qonunga, 
Konstitutsiyaviy  tuzumga,  boshqa  fuqarolarga  nisbatan 
hurmat  tuyg‘usini  shakllantirish  vazifasini  ham 
boshqaradi. Konstitutsiyani chuqur bilish orqali Vatanga 
sadoqat,  jamiyatga  hurmat  paydo  bo‘lib,  belgilangan 
daxlsiz  huquqlarini  ta’minlash  davlatimiz  oldidagi 
oliy  mas’uliyat  ekanligi  Konstitutsiyamizning  asosiy 
g‘oyasi  sifatida  tanlab  olindi.  Konstitutsiyamizning 
barcha tamoyillari, avvalo, inson va fuqarolar huquq va 
erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, davlatning 
majburiyati  ushbu  huquq  va  erkinliklarni  ta’minlashda 
aks etadi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  alohida 
farmoni
1
  bilan  qabul  qilingan,  2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta 
ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasi  ham 
aynan  mamlakatimizda  istiqbolda  amalga  oshirilishi 
lozim bo‘lgan konstitutsiyaviy islohotlarni nazarda tutadi.
Mazkur  o‘quv  qo‘llаnmа  orqali  Konstitutsiyamizning 
eng ustuvor huquqiy hujjat ekani, unda mohiyatan yangi 
konstitutsiyaviy  tuzum  asoslari  mustahkamlangani 
hamda  undagi  prinsiplar  va  qoidalarga  ijtimoiy 
hayotimizning barcha sohalarida amal qilinayotgani aniq 
misollar orqali e’tirof etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining huquqiy fanlar tizimida 
“Konstitutsiyaviy  huquqi”  mоduli  alohida  o‘rin  tutadi. 
Chunki  ushbu  mоdul  orqali  huquq  tizimida  yetakchi 
hisoblanuvchi Konstitutsiyaviy huquq o‘rganiladi.
1  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017-yil  7-fevraldagi  PF-4947-sonli 
“O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 
farmoni. 
Ushbu  Farmon  “Xalq  so’zi”  gazetasining  2017-yil  8-fevraldagi  28  (6722)-sonida 
e’lon qilingan.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling