I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
§. Kоnstitutsiya tushunchаsi vа mоhiyati
Download 1,46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
§. Kоnstitutsiya tushunchаsi vа mоhiyati.
Konstitutsiya — jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida vujudga kelgan huquqiy hujjat. U dastlab faqat davlat tuzumini, hokimiyat tashkil etish prinsiplarini belgilagan bo‘lsa, keyinchalik inson huquq va erkinliklari va burchlarini hamda ularning kafolatlarini, davlat organlari va fuqarolarning o‘zaro munosabatini mustahkamlashni ko‘zda tutdi. Konstitutsiya to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonuni va boshqa qonunlar. Konstitutsiyaviy huquqning manbalaridan bo‘lib, vakillik organlari tomonidan qabul qilinadigan ish yuritish tartiblari; yo‘riqnomalar, reglamentlar ham manba bo‘lib hisoblanadi. Vakillik organlari tomonidan qabul qilingan qarorlar ham Konstitutsiyaviy huquq manbayi bo‘ladi. Shuningdek, Konstitutsiyaviy huquq manbalari qatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan davlat- huquqiy xarakteriga ega bo‘lgan farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari kiradi. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan va tuziladigan shartnomalari bitimlari ham konstitutsiyaviy huquq manbasini tashkil qiladi. Va nihoyat, konstitutsiyaviy huquq manbalaridan bo‘lib, mahalliy vakillik organlarining ba’zi bir normativ aktlari ham hisoblanadi. Masalan, “Xalq deputatlari Kengashlarining doimiy komissiyalari to‘g‘risida”gi Nizomlari, Kengashining “Ish yuritish tartiblari” (reglamentlari), hokimlarning qabul qilgan huquqiy aktlari va ular to‘g‘risidagi qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish tartib qoidalari va boshqa davlat organlarining faoliyat prinsiplari kiradi. Konstitutsiyaviy huquq fanining asosiy manbasi sifatida O‘zbеkistоn Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning аsаrlаri, risolalari, nutqlarini alohida ta’kidlash lozim. Uning asarlarida Konstitutsiyaviy huquq fanining predmetiga aloqador bo‘lgan davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, inson huquqlari va erkinliklari, Konstitutsiyaning mohiyati va vazifalari to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy g‘oyalari muhim o‘rin egallagan. Biroq, davlat organlari chiqargan har qanday hujjat ham konstitutsiyaviy huquq manbayi hisoblanmaydi. Uning asosiy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling