I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
10
11
Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi shaxs, jamiyat va davlat 
o‘rtasida  vujudga  keladigan  va  davlat  hokimiyatini  amalga 
oshirish  jarayonida  paydo  bo‘ladigan,  inson  huquqlari  va 
erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan munosabatlarni tartibga 
soluvchi konstitutsiyaviy huquqiy normalar tizimi (yig‘indisi)
dir.
Konstitutsiyaviy  huquq  -  mustaqil  huquq  sohasi  bo‘lib,  u 
milliy huquqiy tizimning o‘zagi, yadrosini tashkil etadi.
Konstitutsiyaviy  huquq  -  muayyan  konstitutsiyaviy-
huquqiy normalar tizimi (yig‘indisi)dan iborat.
Shunday qilib, Konstitutsiyaviy huquq predmeti uchta katta 
ijtimoiy munosabatlar guruhidan iborat.
Konstitutsiyaviy huquq:
birinchidan: konstitutsiyaviy tizimni tashkil etish, ta’minlash 
va himoya qilish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni;
ikkinchidan:  insonlarning  konstitutsiyaviy  huquq  va 
erkinliklarini  tartibiga  solish,  himoya  qilish,  qo‘riqlash  va 
kafolatlash bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni;
uchinchidan: “Shaxs-jamiyat-davlat” o‘rtasidagi eng muhim 
munosabatlarni tartibga soladi.
Konstitutsiyaviy huquqni o‘rganishda bilish nazariyasining 
quyidagi metodlari keng qo‘llaniladi.
tarixiy uslub;
qiyosiy uslub;
mantiqiy uslub;
tizimli uslub;
sotsiologik uslub;
matematik uslub.
Konstitutsiyaviy  huquqni  o‘rganishda  qo‘llaniladigan 
uslublar yig‘indisi ushbu mоdulning metodologiyasini tashkil 
etadi.
Umuman  olganda  har  bir  davlatda  konstitutsiyaviy 
huquqning paydo bo‘lishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Hozirgi zamon konstitutsiyaviy huquqining predmeti esa, 
XX asrning ikkinchi yarmida o‘zining yakuniy shaklini oldi.
Konstitutsiyaviy huquqning o‘ziga xos xususiyati shundan 
iboratki,  konstitutsiyaviy-huquqiy  normalar  yordamida 
inson,  jamiyat  va  davlat  hokimiyatini  amalga  oshirish 
jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga 
solinadi.  Konstitutsiyaviy  huquq  normalari  inson,  jamiyat 
va  davlat  o‘rtasidagi  o‘zaro  munosabatlarni  tartibga  soladi 
va  ta’minlaydi.  Bundagi  ustuvor  yo‘nalishlarni  va  oliy 
qadriyatlarni aniqlaydi va konstitutsiyaviy amaliyotni belgilab 
beradi. Bu oliy qadriyatlarga konstitutsiyaviy institutlar mos 
bo‘lishi kerak.
Konstitutsiyaviy  institutlar  esa  o‘z  navbatida  jamiyat  va 
davlat tuzilishining prinsiplarini, davlat hokimiyati organlari 
tuzilishi  va  tizimini,  davlat  hokimiyati  tashkil  etilishi  va 
nazorat qilinishini o‘zida aks ettiradi.
Konstitutsiyaviy huquqning yana bir o‘ziga xos xususiyati 
shundaki,  u,  avvalombor,  ijtimoiy-siyosiy  munosabatlarni 
tartibga soladi. Ana shunday munosabatlar inson, jamiyat va 
davlat o‘rtasida kelib chiqadi.
Konstitutsiyaviy huquq normalari:
birinchidan, 
qonunchilik 
doirasida 
siyosiy 
munosabatlarning eng muhim qismini tartibga soladi;
ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarni muayyan tomonlarga 
yo‘naltiriladi,  ya’ni  konstitutsiyaviy  huquqning  norma  va 
prinsiplari  ijtimoiy  munosabatlar  taraqqiyotini  belgilab 
beradi.
Demak, Konstitutsiyaviy huquq o‘ziga xos predmetga ega. 
Uning  predmetini,  asosan,  ijtimoiy-siyosiy  munosabatlar 
tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: O‘zbekiston 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling