I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
34
35
tomonidan  O‘zbekiston  Respubiikasi  Oliy  Majlisining 
Qonunchilik palatasiga kirtiladi. 
Shunday qilib, bugungi kungacha O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga  o‘ndan  ortiq  marotaba  o‘zgartish  va 
qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
birinchidan,  1993-yil  28-dekabrdagi  “O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish  to‘g‘risida”gi  Qonunga  asosan,  O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  77-moddasi  1-qismidagi 
“deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan 
almashtirildi;
ikkinchidan, 
2003-yil 
24-apreldagi 
“O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimcha-
lar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, Konstitutsiyaning 
XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga va Konstitutsiyaning 6-bo‘limi 
127-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi;
uchinchidan, 
2007-yil 
11-apreldagi 
“O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasining  ayrim  moddalariga 
(89-moddasiga,  93-moddasining  15-bandiga,  102-modda-
sining  ikkinchi  qismiga)  tuzatishlar  kiritish  to‘g‘risida”gi 
Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93-moddasining 
15-bandiga,  102-moddasining  ikkinchi  qismiga  tuzatishlar 
kiritildi;
to‘rtinchidan, 2008-yil 25-dekabrdagi “Saylov to‘g‘risidagi 
qonun  hujjatlari  takomillashtirilishi  munosabati  bilan 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
ayrim 
qonunlariga 
o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  haqida”gi  Qonun  bilan 
kiritilgan  o‘zgartishga  muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
77-moddasining 
birinchi 
qismi 
“O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 
palatasi  qonunga  muvofiq  saylanadigan  bir  yuz  ellik 
deputatdan iborat” deb bayon etildi;
va  qo‘shimchalami  ma’qullash  uchun  senatorlar  umumiy 
sonining  uchdan  ikki  qismidan  iborat  ko‘pchilik  ovozi  talab 
qilinadi.  Binobarin,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga 
muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasini, 
konstitutsiyaviy qonunni, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar 
kiritish to‘g‘risidagi qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar 
umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi 
talab qilinadi.
O‘zbekiston 
Respubiikasi 
Konstitutsiyasining 
128-moddasiga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respubiikasi  Oliy 
Majlisi  tegishli  taklif  kiritilgandan  keyin  olti  oy  mobaynida 
Konstitutsiyaga  o‘zgartirishlar  hamda  tuzatishlar  kiritish 
to‘g‘risida  keng  va  har  taraflama  muhokamani  hisobga 
olgan  holda  qonun  qabul  qilishi  mumkin.  Agar  Oliy  Majlis 
Konstitutsiyaga  o‘zgartirish  kiritish  to‘g‘risidagi  taklifni  rad 
etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.
O‘zbekiston 
Respubiikasi 
Konstitutsiyasining 
83-moddasiga  ko‘ra,  qonunchilik  tashabbusi  huquqiga 
O‘zbekiston Respubiikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining 
oliy  vakillik  organi  orqali  Qoraqalpog‘iston  Respubiikasi, 
O‘zbekiston Respubiikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
deputatlari,  O‘zbekiston  Respubiikasi  Vazirlar  Mahkamasi, 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyaviy  sudi,  Oliy 
sudi,  Bosh  prokurori  egadirlar
3
  va  bu  huquq  qonunchilik 
tashabbusi  huquqi  sub’ektlari  tomonidan  qonun  loyihasini 
O‘zbekiston  Respubiikasi  Oliy  Majlisining  Qonunchilik 
palatasiga  kiritish  orqali  amalga  oshiriladi.  O‘zbekiston 
Respubiikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha 
tayyorlangan  qonun  loyihalari  ham  yuqoridagi  sub’ektlar 
3 O’zbekiston Respubiikasi Konstitutsiyasi // [Elektron manba] 
// URL: http://lex.uz (murojaat 
qilingan vaqt 23.02.2020).



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling