I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
32
33
qo‘shimchalar  kiritish,  qonun,  qaror  va  boshqa  hujjatlarni 
qabul  qilish,  o‘zgartirishga  nisbatan  farq  qiladi.  O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasiga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar 
kiritish tartibi bilan bog‘liq normalar boshqa qonunlarda ham 
o‘z ifodasini topgan. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy 
Qonunning  29-moddasiga  asosan,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritish,  konstitutsiyaviy  qonunni  qabul  qilish  hamda  unga 
o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  uchun  Qonunchilik 
palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan 
iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
Shuningdek,  “O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
Qonunchilik 
palatasining 
Reglamenti 
to‘g‘risida”gi 
Qonunning  18-moddasiga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining,  konstitutsiyaviy  qonunning,  ularga 
o‘zgartishlar  va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risidagi 
qonunlarning  loyihalarini  qabul  qilish  uchun  Qonunchilik 
palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan 
iborat  ko‘pchilik  ovozi  talab  qilinadi.  Qonunchilik  palatasi 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasiga  o‘zgartishlar 
va  qo‘shimchalar  kiritish  to‘g‘risidagi  qonun  loyihasini 
tegishli  taklif  kiritilgandan  keyin  olti  oy  ichida  uning  keng 
muhokamasini inobatga olgan holda ko‘rib chiqishi mumkin. 
Agar  Qonunchilik  palatasi  O‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasiga  o‘zgartishlar  va  qo‘shimchalar  kiritish 
to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qilmasa, uni ko‘rib chiqish 
kamida bir yildan keyin qayta boshlanishi mumkin.
“O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senati 
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 24-moddasiga ko‘ra, 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasini,  unga  kiritilgan 
o‘zgartish  va  qo‘shimchalarni,  O‘zbekiston  Respublikasining 
konstitutsiyaviy qonunlari hamda ularga kiritilgan o‘zgartish 
sub’ektlari tomonidan (masalan, AQShda 3/4 qismi tomonidan 
ma’qullanishi),  ba’zi  mamlakatlarda  esa  (masalan,  Daniya, 
Shveytsariya) referendumda ham tasdiqlanishi lozim.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  78-moddasi 
1-bandiga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga 
o‘zgartirish  va  qo‘shimchalar  kiritish  O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchiiik  palatasi  va  Senatning 
birgalikdagi  vakolatlariga  kiradi.  O‘zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasining  oldingi  tahrirdagi  127-moddasida 
“O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasiga 
o‘zgartirishlar  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  jami 
deputatlarning  uchdan  ikki  qismidan  iborat  ko‘pchiligi 
tomonidan  qabul  qilingan  qonunlar  bilan  kiritiladi”  deb 
belgilangan edi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  mazkur 
moddasiga  2003-yil  24-aprelda  kiritilgan  tuzatish  va 
qo‘shimchalardan  so‘ng  “O‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasiga  o‘zgartirishlar  tegishincha  O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari 
va  Senati  a’zolari  umumiy  sonining  kamida  uchdan  ikki 
qismidan  iborat  ko‘pchiligi  tomonidan  qabul  qilingan 
qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan 
kiritiladi” deb o‘z ifodasini topdi.
Demak,  Konstitutsiya  qabul  qilish  va  unga  o‘zgartirish, 
qo‘shimchalar kiritish yuqorida ko‘rsatilgan konstitutsiyaviy 
normaga asosan, Oliy Majlis palatalari yig‘ilishining 2/3 qismi 
ovozi roziligini bildirgan taqdirdagina yoki referendum yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. Buning uchun asoslangan ma’lumotlar, 
takliflar  murojaatlar  va  xalqning  to‘liq  fikri  o‘rganilgani 
to‘g‘risidagi  dalillar  bunday  qaror  qabul  qilinishiga  sabab 
bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  palatalari 
tomonidan  konstitutsiyani  qabul  qilish,  o‘zgartirish  va 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling