I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
44
45
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi 
Qonunining  2-moddasida  ko‘rsatilganidek,  “O‘zbekiston 
Respublikasining  Davlat  bayrog‘i  O‘zbekiston  Respublikasi 
davlat suverenitetining ramzidir”
7
.
Qonunning  3-moddasiga  binoan,  bayrog‘imiz  xalqaro 
munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi, 
hamda  mamlakatimizning  ramzi  hisoblanadi.  Ushbu  qonun 
bilan bayroqni ko‘tarish vaqti va joyi aniq mustahkamlangan. 
Jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  bayrog‘i  davlat 
hokimiyati  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari, 
sudlarning  binolarida,  diplomatik  vakolatxonalar,  konsullik 
muassasalarining binolari, hududlari va transport vositalarida 
hamda  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  tashkilotlar 
huzuridagi  vakolatxonalarida  doimo  ko‘tariladi,  doimiy 
ravishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish 
punktlarida va boshqalarda turadi.
Qonun  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  bayrog‘ining 
elementlarini nodavlat tashkilotlari hujjatlarining rekvizitlari 
yoki  reklama  materiallariga  kiritilishiga  yo‘l  qo‘yilmasligini 
belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining tasviri 
tushirilgan belgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki realizatsiya 
qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o‘tkazish uchun 
tijorat  maqsadlarida  foydalanish  mumkin  emas.  Nodavlat 
notijorat  tashkilotlarining  ramzlari  mamlakatimiz  Davlat 
bayrog‘iga o‘xshash bo‘lishi mumkin emas.
Qonunning 
4-moddasiga 
binoan, 
O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‘i - bayroqning butun uzunligi 
bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli 
uchta  endan  tarkib  topgan  to‘g‘ri  to‘rtburchak  shaklidagi 
matodir.
7 O’zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonuni // [Elektron 
manba] // 
URL: http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020).
asarlar,  nomzodlik  va  doktorlik  dissertatsiyalari,  ularning 
avtoreferatlari,  darsliklar,  o‘quv  qo‘llanmalar  paydo  bo‘ldi. 
Bu bilan bizga jahon madaniyati va axboroti makoniga to‘liq 
kirish  uchun  keng  imkoniyatlar  ochiladi.  O‘zbek  xalqining, 
uning  milliy  madaniyati  va  o‘ziga  xosligini  ifoda  etuvchi 
vosita  bo‘lmish  o‘zbek  tilining  har  tomonlama  rivojlanishini 
ta’minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini 
izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish umumxalq vazifasidir.
Konstitutsiyada  o‘rnatilganidek,  mustaqil  O‘zbekiston 
Respublikasi  o‘zining  davlat  ramzlari  -  davlat  bayrog‘i, 
davlat gerbi va davlat madhiyasiga ega. Davlat ramzlarining 
mavjudligi  O‘zbekistonning  suverenligi  va  mustaqilligining 
muhim  belgilaridan  biridir.  Shuning  uchun  ushbu  modda 
davlat  ramzlarining  huquqiy  maqomi,  ularning  tafsifi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida aniq tartibga solindi 
va rivojlantirildi.
Davlat bayrog‘i - bu tasviri qonun bilan belgilanadigan, biror 
davlatni boshqa davlatdan farqlovchi rasmiy belgisi, nishonidir. 
U davlat mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi. Odatda, 
davlat  bayrog‘i,  uning  rangi,  tuzilishi  va  elementlari  ramziy 
ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mustaqil  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  bayrog‘ining 
sxematik  va  rangli  tasviri  1991-yil  18-noyabrda  qabul 
qilingan  qonun  bilan  tasdiqlangan.  Mazkur  qonunga  1999, 
2004, 2010 va 2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
bayrog‘i tasvirini, uning elementlarini hujjatlar va materiallar 
rekvizitlariga  kiritishni,  Davlat  bayrog‘ini  boshqa  davlatlar 
bayroqlari  bilan  birga  ko‘tarilishini,  qonun  ijrosi  bo‘yicha 
nazoratni  amalga  oshirish  va  boshqalarni  o‘zida  ifodalovchi 
belgilarni  kiritish  tartibini  aniqlashtirishga  qaratilgan 
qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling