I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasining
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
4-§. O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyasining
аsоsiy prinsiplаri. Har bir davlat boshqa mamlakatlar orasida o‘z mustaqilligini mustahkamlash, hududiy yaxlitligini saqlash, suverenitetini himoya qilish bo‘yicha siyosat olib boradi. Bunday sharoitda, davlat oldida turgan maqsad va vazifalar qanday vositalar yordamida amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro hamjamiyat bilan bo‘ladigan munosabatlarda, davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikda globallashuv jarayonining salbiy oqibatlari bo‘lgan ommaviy madaniyatning rivojlanishi, axborot xurujining avj olishi, tabiiy resurslar uchun kurashning keskinlashuvi davlatlarni o‘z suverenitetini himoya qilishga safarbar etadi. Davlat xalqning rasmiy vakili sifatida o‘z fuqarolarining irodasini ifoda etadi. Faqat suveren davlatgina fuqarolarning huquq va manfaatlaririi to‘la va har tomonlama ta’minlashi mumkin. Davlat suvereniteti deganda, davlat hokimiyatining ustuvorligi, uning mamlakat ichkarisida ham, xalqaro maydonda boshqa davlatlarga nisbatan ham to‘la mustaqilligi tushuniladi. Suverenitet davlat hokimiyatining alohida xususiyati bo‘lish bilan bir paytda, davlatning muhim belgisi ham hisoblanadi. O‘zbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishning eng muhim Konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri — davlat suvereniteti prinsipi hisoblanadi. “Suvereniteti” iborasi Fransuzcha “oliy hokimiyat”, degan ma’noni anglatadi. Suveren davlat ichki va tashqi siyosiy faoliyatida o‘zining mustaqil va oliy davlat hokimiyatiga ega bo‘ladi. Suverenitet har qanday mustaqil davlatning umumiy va ajralmas belgisi bo‘lib, uning to‘la huquqliligini hamda ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatga qaram emasligini anglatadi. Suveren davlat o‘z ichki va tashqi ishlarini boshqa davlatlarning huquqlarini, shuningdek, xalqaro huquq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling