I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
38
39
prinsiplari va normalarini buzmagan holda, o‘zi xohlagancha 
hal qiladi.
Suverenitet  davlatga  xos  tushuncha  bo‘lib,  u  bilan  birga 
vujudga keladi. Davlat va uning xususiyati bo‘lgan suverenitet 
tarixiy  hodisadir.  Millatlarning  o‘z  taqdirini  o‘zi  belgilash 
huquqi,  ya’ni  o‘z  taqdirini  chet  davlatlarning  aralashuvisiz 
belgilash huquqi davlat suverenitetning asosini tashkil etadi. 
Suvеrеnitеt  mаhаlliy  dаvlаt  vа  uning  mаnsаbdоr 
shахslаrining mаqоmi vа huquqlаrini bеlgilаshdа muhim rоl 
o‘ynаydi.
5
Suverenitet,  avvalo,  davlat  tomonidan  uning  ichki 
funksiyasini  amalga  oshirish  vaqtida  ko‘rinadi.  Jamiyatda 
huquqiy  tartibni  o‘rnatish,  mansabdor  shaxslarga,  jamoat 
birlashmalariga  va  fuqarolarga  huquqlar  berilishi  hamda 
majburiyatlar  yuklatilishi  -  bularning  hammasi  davlat  ichki 
sityosatida hokimiyatining ustuvorligini bildiradi.
Hozirgi  sharoitda  davlat  suvereniteti  prinsipi  xalqaro 
hamkorlikning  eng  muhim  masalasidir.  Yer  yuzidagi  barcha 
mamlakatlar o‘zaro munosabatlari suveren tenglik prinsipiga 
asoslangan.
1913-yilda yеr kurrasida 57 davlat mavjud edi. Hozirga kelib 
ularning soni ikki yuzdаn оshdi. Boshqacha so‘z bilan aytganda, 
XX asrning ikkinchi yarmida yеr kurrasidagi davlatlarning soni 
uch baravarga oshdi. Ushbu omilning o‘zi bizning davrimizga 
kelib, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi 
hal qilish huquqi, davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va 
jamiyat  hayotining  davlat-huquqiy  shaklidan  foydalanishi 
bilan uzviy bog‘liqdir.
Davlatning  suveren  tengligi  prinsipi  xalqaro  huquqning 
umum  tan  olingan  prinsiplaridan  biri  sifatida  Birlashgan 
Millatlar  tashkiloti  Ustavida  ham  mustahkamlangan.  Har 
5 John H. Jackson. Sovereignty-modern: a new approach to an outdated concept. // 
http:// scholarship. law. George town. edu.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling