I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
36 37 o‘ninchidan, 2017-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99, 102-moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Ya’ni, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarda xalq deputalari kengashlarini tashkil etish mumkin emasligi to‘g‘risidagi norma chiqarib tashlandi; o‘n birinchidan, 2018-yil 15-oktabrdagi “Fuqarolar yig‘ini raisi(oqsoqoli) saylovi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respubiikasining Konstitutsiyasi 105-moddasining birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan so‘zlar “raisni (oqsoqolni) ” degan so‘zlar bilan almashtirildi. Endilikda, fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) 3 yil muddatga saylanadigan bo‘ldi; o‘n ikkinchidan, 2019-yil 18-fevraldagi “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi ba’zi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun, MXX DXXga aylandi. Ikkita norma o‘zgardi. Bu o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining nomlanishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga o‘zgarishi bilan bog‘liq; o‘n uchunchidan, 2019-yil 5-martdagi “Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respubiikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi natijasida, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 79, 93, 98-moddalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar; o‘n to‘rtinchidan, 2019-yil 4-sеntаbrdа qаbul qilingаn Qоnungа аsоsаn sаylоv to‘g‘risidаgi qоnun hujjаtlаri tаkоmillаshtirilishi munоsаbаti bilаn 96 vа 117-mоddаlаrgа o‘zgаrtirishlаr kiritildi. beshinchidan, 2011-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga)”gi Qonun bilan Konstitutsiyaning 78, 80, 93, 96, va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi; oltinchidan, 2011-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritilib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati etti yildan besh yilga qisqartirildi; ettinchidan, 2014-yil 16-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni 4 bilan Konstitutsiyaning 32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi; sakkizinchidan, 2017-yil 6-aprelda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi bilan Konstitutsiyasining 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi; to‘qqizinchidan, 2017-yil 31-mayda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” gi qonuni bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108 va 109-moddalariga o‘zgartishlar kiritildi. Bunda bevosita sud organiari faoliyatini takomiilashtirish yuzasidan o‘zgartirildi; 4 2014-yil 16-apreldagi “O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (32, 78, 93, 98, 103 va 117-moddalariga)gi Qonuni O’zbekistan Respublikasi qonun hujjatlar to’plami, 2014 yil, 16 - son, 176 –modda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling