I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
48 49 Demokratiyaning asl mohiyati o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z hayotini o‘z qobiliyatiga, o‘z tafakkuriga va o‘z vijdoniga ko‘ra qurishdir va buning oqibati uchun ma’suliyatini ham o‘ziga olishdir. Insoniyat tajribasi demokratiyaning ikki asosiy shaklini ishlab chiqqan: to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni bevosita demokratiya hamda vakillik demokratiyasi - organlar, avvalo, vakiilik va boshqa saylab qo‘yiladigan organlar orqali amalga oshiriladigan demokratiya, ya’ni saylov demokratiyasi. Demokratiyaning mazkur shakllarini bir-biriga aslo qarshi qo‘ymaslik lozim, chunki bu ikkala shakl o‘ziga xos ahamiyatga ega va o‘zaro uzviy bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston xalqini, millatidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi. Ushbu modda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining muhim xususiyatlaridan birini o‘zida mujassamlashtirgan. Chunki unda belgilangan me’yor dunyodagi hech bir davlatning Konstitutsiyasida uchramaydi. Ko‘rib turibmizki, Konstitutsiyada “O‘zbekiston xalqi”, “O‘zbekiston fuqarolari”, degan tushunchalarga ta’rif berilayapti. Bunga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilgan va uning hududida istiqomat qiladigan har bir inson millatidan, irqidan, qaysi dinga e’tiqod qilishidan qat’iy nazar, o‘zbekiston xalqini tashkil etadi va respublikamizning teng huquqli fuqarosi bo‘lish huquqiga egadir. O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasida “Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi”, degan qoida esa fuqarolarimizning jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalarini hal etishda bevosita ishtirokini kafolatlaydi. Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi Konsti- O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga nisbatan zo‘r ehtirom bilan munosabatda bo‘lish O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir. Xulosa qilib aytish mumkinki, Davlat ramzlari davlat suverenitetining muhim atributi sifatida mamlakatimizning tarixiy rivojlanish xususiyatlarini o‘zida ifodalaydi, ularning timsolida, davlat va o‘zbek xalqining tinchlikparvar, yaratuvchanlik maqsadlari mujassamlashgan. Ularda O‘zbekistan Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish shart-sharoitlari, suveren, tinchlikparvar mamlakat sifatida fuqarolarning vatanparvarlik, chidamlilik, mehnatsevarlik va baxtli kelajakka ishonch mamlakatimizdagi millatlar vakillarining o‘zaro munosabatlari kabi xislatlar o‘z aksini topgan. Asosiy qonunning 6-moddasi “Davlat suvereniteti” bobini yakunlab bergan holda, Toshkent - O‘zbekiston Respublikasining poytaxti ekanligini mustahkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Konstitutsiya qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan so‘zlagan ma’ruzasida, o‘tgan davrda ijro etuvchi hokimiyatni demokratlashtirish ishlari ham izchil olib borildi. Hukumatning vazifa va vakolatlar doirasi kengaytirilib, parlament oldida hisob berish darajasi va mas’uliyati kuchaytirildi. Bu Konstitutsiyaning 7-moddasida mustahkamlangan “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbayidir”, degan ulug‘vor g‘oyaning amaliy ifodasi, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi”, degan fikrga alohida to‘xtalib o‘tgan edilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-bobida “xalq hokimiyatchiligi” atamasi “hokimiyat manbayi” degan atama bilan uzviy bog‘langan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling