partiyalar uyg‘onishi lozim. Ular balandparvoz gaplarni chetga
surib, aniq amaliy ishlar bilan odamlarimiz, saylovchilar
ishonchini qozonishi, ularning qalbidan joy olishi kerak” .
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining inson
huquqini tartibga soluvchi normalariga Inson huquqlari
umumjahon deklaratsiyasining asosiy qoida va tamoyillari to‘la
singdirilgan. Ma’lumki, 2018-yilda ushbu Deklaratsiyaning 70
yilligi butun dunyoda keng nishonlandi. Shu munosabat bilan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-mayda
e’lon qilingan “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi
qabul qilinganligining 70 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar
dasturi to‘g‘risida”
9
gi farmoni qabul qilinib, shu farmon
asosida mamlakatimizda ushbu xalqaro hujjatning mazmun-
mohiyatini keng targ‘ib etish maqsadida maxsus Davlat
dasturi ishlab chiqildi. Davlat dasturining ijrosini ta’minlash
maqsadida 2018-yilning noyabr oyida Samarqandda Inson
huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi tashkil etildi.
9 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-maydagi “Inson huquqlari
umumjahon
deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligiga bag’ishlangan tadbirlar dasturi
to’g’risida”gi farmoni. //Xalq so’zi, 2018-yil 9-may.
Do'stlaringiz bilan baham: |