I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
56 57 Avvalambor bu O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafili hisoblanishi, qonunlarning bajarilishi ustidan parlament, jamoatchilik va idoraviy hamda adliya organlarining nazorati o‘rnatilganligi, Konstitutsiyaviy sud qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘rishi, sudning faoliyati qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilganligi, har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanganligi, qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan prokurorlik nazorati mustahkamlanganligi, tashkilotlarda yuridik xizmatlar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi kabilarda bevosita namoyon bo‘ladi. Konstitutsiya va qonun ustunligini ta’minlash mexanizmida Konstitutsiyaviy sud alohida o‘rin egallaydi. Konstitutsiyaviy sud insoniyat tarixida insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, davlat hokimiyati tarmoqlari o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini barpo etish, Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda uni maxsus muhofaza qilish maqsadida yaratilgan. O‘zbekiston 1990-yil 20-iyundagi Mustaqillik deklaratsiyasida “xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsiplariga sodiqligini” e’lon qilgan edi. Deklaratsiyada suverenitet va inson huquqlari munosabatlarining quyidagi muhim jihati aks ettirilgan: davlat oliy maqsad - inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash yo‘lida xizmat qiladi. Shuningdek, 1992-yilgi Konstitutsiya Muqaddimasida O‘zbekiston xalqi: “xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidаlari ustunligini 4947-sonli Farmoni 12 bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham alohida yo‘nalish sifatida o‘z ifodasini topdi. Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash - amalga oshirilayotgan barcha islohotlar samaradorligiga erishish, aholi turmush darajasini oshirish, mamlakatda tinchlik, totuvlik va barqaror vaziyatni ta’minlashning asosiy kafolatidir 13 . Bu sohada mavjud asoslarni tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bobi «Konstitutsiya va qonunning ustunligi», deb nomlanib, mazkur bob Konstitutsiyamizning Asosiy prinsiplar bo‘limida joylashgan. Nazariyadan ma’lumki, prinsip deganda, rahbariy qoidalar nazarda tutiladi. Agar Konstitutsiyaning boshqa bo‘limlari o‘rtasida qandaydir tushunmovchilik, ziddiyat kelib chiqadigan bo‘lsa, masala nazariyaga ko‘ra asosiy prinsiplarga tayanilib hal qilinishi kerak. Shu ma’noda Konstitutsiya va qonunning ustunligi prinsipining Asosiy prinsiplar bo‘limida joylashtirilganligi mamlakatimizda mazkur prinsipga ulkan ahamiyat berilayotganidan dalolatdir. Qonun ustuvor bo‘lgan davlatda erkinlik, adolat, tenglik kafolatlanadi, hokimiyatning shaxsga ta’siri chegaralanadi, inson huquqlari himoyalanadi, mulk huquqiga rioya qilinadi, odil sudlov mustaqil bo‘lib, samarali amalga oshiriladi. Mamlakatimizda qonuniylik va qonun ustuvorligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgan. 12 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoni. Ushbu Farmon “Xalq so’zi” gazetasining 2017-yil 8-fevraldagi 28 (6722)-sonida e’lon qilingan. 13 Mирзиёев Ш.M. Миллий тараққиёт йўли мизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарам из. -Тошкент : Ўзбекистан , 2017 - Б .48 . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling