I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
68 69 majburiyatlar orqali bog‘liqlikka asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, davlat va fuqaro o‘rtasida o‘zaro mas’ullik tamoyili barcha demokratik davlatlarda e’tirof etilgan. Demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalarda davlat va fuqaroning o‘zaro mas’ulligi tamoyili muhim o‘rin tutadi. Unga ko‘ra, huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biri - davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatning huquqiy shakli mavjudligi, ya’ni davlat va fuqaroning o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda o‘zaro javobgarlikka asoslangan munosabatining mavjudligi hisoblanadi. Davlat huquq ijodkorligi faoliyati bilan o‘z fuqarolariga qator huquqlar va majburiyatlarni belgilab beradi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarga tegishli huquqlar shaxsiy huquq va erkinliklar, siyosiy huquqlar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga tarzida belgilangan. Davlatning fuqarolar oldidagi mas’uliyatini oshirib borish natijasida insonlar roziligiga erishish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlar Konsepsiyasining ishlab chiqilishi, xalq qabulxonalarining tashkil etilishi, jamoatchilik nazoratining huquqiy tartibga solinishi, davlat organlarining xalq vakillik organlariga hisobdorligining takomillashtirilayotganligi, davlat xizmatlari markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi aynan davlatning o‘z fuqarolari oldidagi mas’uliyatini bajarishning namunasidir. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «Xabeas korpus» institutini qo‘llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish vazifalarining belgilanganligi kelajakda shaxsni huquqidan mahrum qilish yoki ularni cheklab qo‘yish kabi boshqa protsessual harakatlarni sudning qarori bilan o‘tkazish tartibi joriy qilinishi kutilmoqda. “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeiydan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar”, mazmunidagi qoida o‘rnatilib, u insonlarning tengligini e’tirof etishda bu va shunga o‘xshash holatlarga e’tibor berilmasligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qonun oldida tengligi qoidasi odatda, quyidagilarni qamrab oladi: u nafaqat fuqarolarning, balki ular faoliyati natijasi bo‘lgan huquq sub’ektlari - yuridik shaxslarning (jamiyatlar, xo‘jalik shirkatlari, unitar korxonalar va b.) huquq oldida tengligi; qonun oldida tenglik garchand Konstitutsiyaviy g‘oya bo‘lsada, fuqarolarning nafaqat Konstitutsiyaviy huquq va majburiyatda tenglikni, balki boshqa sub’ektiv huquqlarda ham tengligini anglatadi; qonun oldidagi tenglik mas’uliyat va huquq buzilganda bir xil javobgarlikni nazarda tutadi. Kishilik jamiyati tarixida davlatning paydo bo‘lishi uning mavjudligini ta’minlaydigan fuqarolar bilan o‘zaro munosabatini vujudga kelishini taqozo etadi. Davlat o‘z fuqarosi bilan davlatdir. Davlatning o‘z fuqarolari oldidagi mas’ulligini va fuqarolarning davlat oldidagi mas’ulligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar”, dеgan qoida o‘rnatilgan. Bu qoida fuqaroning faqat davlatga qarashli ob’ekt emas, davlat bilan munosabatlar kirishadigan huquq va majburiyat sub’ekti ekanligini e’tirof etib, uning mavqeyini namoyon qiladi. Umuman, hozirgi zamon demokratik davlatlarda fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabat o‘zaro huquq va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling