I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


§. O‘zbеkistоndа fuqаrоlik vа uning


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

§. O‘zbеkistоndа fuqаrоlik vа uning
kоnstitutsiyaviy аsоslаri
O‘zbekiston  Respublikasi  demokratik  qadriyatlar  va 
xalqaro  huquqning  umume’tirof  etilgan  prinsiplariga 
sodiqligini  namoyon  etib,  Inson  huquqlari  umumjahon 
deklaratsiyasi g‘oyalari asnosida har bir insonning fuqarolikka 
bo‘lgan  huquqlari  amalga  oshirilishini  kafolatlaydi.  Zero, 
mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng 
ko‘lamli islohotlar, avvalo, demokratik huquqiy davlat barpo 
15  O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi // [Elektron manba] // URL: 
http://lex.uz (murojaat qilingan vaqt 23.02.2020).
Insonlar  o‘rtasida  tinchlik  va  osoyishtalik,  tenglik 
va  erkinlik,  ijtimoiy  adolat  va  xavfsizlikni  ta’minlashda 
fuqarolarning  o‘z  huquqlarini  qonunda  belgilangan  tartibda 
amalga  oshirish  hamda  o‘z  burchlarini  to‘la  bajarishlari 
muhim o‘rin tutadi. Demokratik huquqiy davlatda qonun bilan 
o‘ziga berilgan huquqdan foydalangan va o‘z majburiyatlarini 
bajargan shaxsga hech qanday ta’sir yoki uning javobgarligi 
xususida  masala  ko‘rilmasligi  kerak.  Bu  toifa  insonlar 
qonunlarga  itoatkor  insonlar  hisoblanadi.  Qonunga  itoatkor 
insonlar  fuqarolik  jamiyatini  tom  ma’noda  shakllantirish  va 
haqiqiy  demokratik  huquqiy  davlatning  barqaror  faoliyatini 
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-moddasida 
belgilangan  “Fuqarolar  o‘z  huquq  va  erkinliklarini  amalga 
oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy 
manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur etkazmasliklari 
shart”,  –  dеgan  umumiy  qoida  Asosiy  qonunimizning 
48-moddasida “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya 
etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va 
qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar”, mazmunidagi 
qoidaning  belgilanishi  uchun  normativ  rahbariy  asos 
hisoblanadi.
Fuqarolarning  Konstitutsiya  va  qonunlarga  rioya  etish 
burchi  -  fundamental  asosga  ega.  Boisi,  har  bir  davlatda 
qonuniylik va uning asosida shakllanadigan huquqiy tartibot 
darajasi, oxir-oqibatda, har bir fuqaroning qanchalik qonunga 
itoatkor shaxs ekanligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
O‘zga shaxslarning qonunlarda belgilangan huquq va qonuniy 
manfaatlariga putur yetkazish yetkazilgan zararning usuli va 
hajmiga bog‘liq ravishda turli holatlarga va javobgarlikka sabab 
bo‘ladi. Bunday harakatlar (harakatsizliklar) ijtimoiy xavfliligi 
bilan  jinoyat  darajasida  sodir  etilgan  bo‘lsa,  O‘zbekiston 
Respublikasining  Jinoyat  kodeksi  bilan  ta’qib  qilinadi. 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling