I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
66
67
tenglikni  ta’minlash  asnosida  ko‘plab  inqirozlarni  ham 
boshdan  kechirgan.  Barcha  odamlarning  bir-biridan  farqli 
ravishda  dunyoga  kelishi  va  rivojlanishi,  aql  va  tafakkurda, 
iste’dodda  ham  teng  emasligini  inobatga  olish  taqozo 
etilgan. XVIII asr Fransiya inqilobidan keyin vujudga kelgan 
Babuvitslar va sotsializm utopiyasi tarafdorlari yo‘qlikka olib 
borsada,  tenglikka  erishmoq  kerak,  insonlar  mulkida  ham 
teng  bo‘lishlari  lozimligini,  hattoki  ularning  aqliy  darajasini 
ham  tenglashtirishga  erishish  maqsadga  muvofiqligini 
anglatadigan mafkurani shakllantirishga harakat qilganlar.
Keyinchalik birin-ketin o‘z siyosatini o‘zgartirib, sotsializm 
mafkurasidan  voz  kechib  borayotgan  davlatlar  va  xalqlar 
tajribasi  insonlarni  moddiyatda  va  o‘y-fikrda  teng  qilib 
bo‘lmasligini  ko‘rsatdi.  Insonlarning  tengligi  ularga  bir  xil 
huquqiy sharoit va imkoniyat, bir xil majburiyatning rasman 
belgilanganligini anglatishi umume’tirof etildi. Shuning uchun 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 7-moddasida: 
“Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz 
qonun  bilan  teng  himoya  qilinish  huquqiga  egadir.  Barcha 
odamlar  ushbu  Deklaratsiyaga  zid  bo‘lgan  har  qanday 
kamsitishdan va shunday kamsitishga undaydigan har qanday 
gij-gijlashdan teng himoya qilinish huquqiga egadir”, - deyilgan. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  18-moddasida 
ham “...qonun oldida tengdirlar” dеgan mantiqan to‘g‘ri qoida 
mustahkamlangan.  Ushbu  hujjatlardagi  umumiy  ma’noda 
qo‘llanilgan “qonun” so‘zi bilan qamrab olingan huquq oldidagi 
tenglikni  ta’minlash  qonunchilikda  mustahkamlab  qo‘yilgan 
qoidalarni barcha shaxslarga birdek qo‘llashni talab etadi.
Tarixda  insonlarning  fuqaroviy  mansubligi  jinsi,  irqi, 
millati,  tili,  dini,  ijtimoiy  kelib  chiqishi,  e’tiqodi,  shaxsi 
va  ijtimoiy  mavqeyi  ularni  tabaqalashtirishga,  birining 
ikkinchisidan ustun qilib ko‘rsatishga asos qilinganlik hollari 
yuz  berganligi  uchun  Konstitutsiyamizning  18-moddasida 
yig‘indisidir.  Inson  huquqini  davlat  tomonidan  o‘rnatilgan, 
qonun  asosida  mustahkamlangan,  jamiyatning  har  bir 
a’zosiga taalluqli bo‘lgan, yashash, turmush tarzini belgilash, 
o‘z  xatti-harakatlarini  to‘g‘ri  amalga  oshirish,  unga  berilgan 
imtiyozlardan foydalanish va jamoatchilik faoliyatini samarali 
olib borish imkoniyati, deb tushunish mumkin.
Inson  huquqi  milliy  huquq  tizimimizdagi  har  bir  huquq 
sohasining  asosiy,  eng  ustuvor  va  markaziy  masalalaridan 
birini  tashkil  etadi.  U  Konstitutsiyaviy  huquq,  fuqarolik 
huquqi, jinoyat huquqi, jinoyat protsessual huquqi, ekologiya 
huquqi va boshqa huquq sohalarining normalari bilan tartibga 
solinadigan asosiy ijtimoiy munosabatlar sirasiga tegishlidir.
Inson huquqini munosib ta’minlash davlatning va boshqa 
ijtimoiy  munosabat  sub’ektlarining  huquq  va  erkinliklariga 
ta’sir  etmasligi  kerak.  Chunki,  barcha  insonlar  tug‘ilishidan 
erkin va tengdirlar. Inson huquqi tabiiy va ajralmas xususiyatga 
ega bo‘lib, har bir demokratik davlatning asosiy vazifasi uni 
to‘la ta’minlashdan iboratdir.
Shuningdеk  yirik  nazariyotchilardаn  Gugo  Grotsiy  tabiiy 
huquq tushunchasi orqali tenglikni ta’minlash haqida fikrlar 
bildirgan bo‘lsa, Tomas Gobbs huquqiy tenglik atamasini keng 
qo‘llagan.  Fransuz  mutafakkiri  Monteske  erkinlik  barchaga 
beriladigan  huquq,  dеgan  g‘oyani  ilgari  surgan  va  boshqa 
ko‘plab  o‘sha  zamon  olimlari  tomonidan  insonlar  o‘rtasida 
tenglik,  birodarlik  va  erkinlik  g‘oyalarining  nazariy  asoslari 
ko‘rsatib berilgan.
Nihoyat, Fransuzlarning 1789-yil 26-avgustdagi “Inson va 
fuqarolarning huquqlari deklaratsiyasi”da “insonlar huquqda 
teng va erkin bo‘lib tug‘iladilar va shunday bo‘lib qoladilar”, - 
dеgan qoida o‘z ifodasini topishi tufayli tenglik g‘oyasi yozma 
qonunchilik shakliga ko‘chgan.
Huquq  manbalari  tarixidagi  keyingi  hujjatlarda  ham 
tenglik  qoidalari  bayon  qilina  boshlangan.  Biroq  insoniyat 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling