I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
64
65
Inson huquqining milliy yurisdiksiya ta’siriga olinganligi unga 
nisbatan huquqiy munosabatlar vujudga kelganligini bildiradi. 
Inson huquqi bilan bog‘liq vujudga kelgan va vujudga kelishi 
mumkin  bo‘lgan  munosabatlarning  aksariyat  qismini  inson 
huquqi qonunchilik tarmog‘i tartibga soladi.
Inson  huquqi  -  butun  insoniyatning  orzu-umidlarini 
o‘zida  jamlagan  keng  qamrovli  tushunchadir.  Inson  huquqi 
to‘g‘risidagi qonunchilik - inson va fuqarolarning huquqlari, 
manfaatlari, erkinliklari va majburiyatlari haqidagi normalar 
majmuyidir.  Bu  normalar  majmuyi  inson  huquqi  bo‘yicha 
xalqaro hujjatlar va milliy qonunlarda o‘z ifodasini topadi.
Insonning huquq va burchlari o‘zi yashaydigan davlatdagi 
butun ijtimoiy normalar (masalan, urf-odat, odob, an’analar, 
jamoat  normalari,  huquqiy  normalar  va  boshqalar)  bilan 
belgilanadi.  Insonning  huquq  va  erkinliklari  bitta  huquq 
sohasining emas, balki barcha huquq sohalarining normalari 
bilan tartibga solinadi. Bu jarayonda Konstitutsiya asosiy o‘rin 
egallaydi.
Inson  huquqi  tushunchasi  xususida  gapirganda,  «inson 
huquqi», «shaxs huquqi» va «fuqaro huquqi» kabi iboralarning 
mazmuniga to‘xtalib o‘tish lozim. «Inson huquqi» va «fuqaro 
huquqi»  iboralarini  qo‘llash  nisbatan  to‘g‘ri  yondashuvdir, 
chunki  «inson  huquqi»  dеganda,  qonun  normalarida 
o‘rnatilgan odamlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ehtiyojlarini 
qondirishni  belgilaydigan,  o‘rnatadigan  va  ta’minlaydigan 
axloqiy yurish-turish qoidalari yig‘indisi nazarda tutiladi.
«Fuqaro huquqi» dеganda esa, shu davlatning a’zosi bo‘lgan 
insonlarga  davlat  tomonidan  taqdim  etilgan  va  normativ-
huquqiy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan yurish-turish qoidalari 
yig‘indisi tushuniladi.
Inson  huquqi  -  bu  jamiyatning  muhim  ijtimoiy 
hodisasi  hisoblanib,  shaxs,  jamiyat  va  davlatning  o‘zaro 
munosabatlarini  tartibga  solib  turuvchi  normativ  me’yorlar 

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling