I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
60
61
O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  milliy  manfaatlariga 
asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi 
siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashqi siyosiy 
kursi  dunyoda  va  mintaqada  shiddat  bilan  o‘zgarayotgan 
vaziyat  hamda  mamlakatning  ichidagi  keng  ko‘lamli 
o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.
O‘zbekiston  Respublikasi  tashqi  siyosiy  faoliyatining 
bosh  maqsadi  -  davlat  mustaqilligi  va  suverenitetini, 
xalqaro  maydondagi  o‘rni  va  rolini  mustahkamlash,  yon-
atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini 
shakllantirish,  respublikaning  tashqi  iqtisodiy  manfaatlarini 
faol tarzda ilgari surish.
Tashqi  siyosiy  faoliyatning  asosiy  va  birinchi  darajali 
vazifalaridan  biri  bu  2017-2021-yillarda  O‘zbekiston 
Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir.
Bugungi  kunda  O‘zbekiston  Respublikasi  dunyoning  130 
dan  ortiq  davlatlari  bilan  diplomatik  aloqalar  o‘rnatgan. 
Toshkentda 45 ta chet el elchixonalari, 8 ta faxriy konsullar, 19 
ta  xalqaro  tashkilotlar  vakolatxonalari,  18  ta  xorijiy  xalqaro 
hukumatlararo  va  hukumat  tashkilotlari  vakolatxonalari, 
1  ta  diplomatik  maqomga  ega  savdo  vakolatxonasi  faoliyat 
ko‘rsatmoqda.
Xorijiy  mamlakatlarda  va  xalqaro  tashkilotlarda 
O‘zbekiston  Respublikasining  47  ta  diplomatik  va  konsullik 
vakolatxonalari mavjud.
O‘zbekiston  100  dan  ortiq  xalqaro  tashkilotlarning  a’zosi 
bo‘lib,  mamlakatimiz  turli  xil  ko‘p  tomonlama  hamkorlik 
tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi.
jоriy qilishini bеlgilаydi. АQSh Kоnstitutsiyasigа ko‘rа, bundаy 
vаkоlаt Sеnаt bilаn mаslаhаshib Prеzidеnt tоmоnidаn аmаlgа 
оshirilаdi,  аgаr  Sеnаtning  uchdаn  ikki  qismi  tаsdiqlаsа, 
shаrtnоmаlаr  Kоngrеss  tоmоnidаn  qоnun  hujjаtlаri  dеgаn 
tеng bir mаqоmgа egа bo‘lаdi.
14
Xalqaro  huquqning  asosiy  prinsiplari  O‘zbekiston 
Respublikasi  tomonidan  tan  olingan  va  uning  milliy  qonun 
hujjatlarida o‘z ifodasini topgan.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konsitutsiyasining  muqaddima 
qismida belgilanganidek, O‘zbekiston xalqi xalqaro huquqning 
umume’tirof  etilgan  prinsiplari  va  qoidalari  ustunligini  tan 
olgan.
Shuningdek,  Konstitutsiyaning  17-moddasiga  ko‘ra, 
O‘zbekiston tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch 
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning 
daxlsizligi,  nizolarni  tinch  yo‘l  bilan  hal  etish,  boshqa 
davlatlarning  ichki  ishlariga  aralashmaslik  qoidalariga  va 
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va 
normalariga asoslanadi. Bu esa, O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida  mamlakatimiz  o‘zini  jahon  hamjamiyati 
oldida  xalqaro  huquqning  umume’tirof  etilgan  prinsiplari 
va  normalariga  sodiqligini  konstitutsiyaviy  darajada  e’lon 
qilganligini anglatadi.
O‘zbekistonning  eng  nufuzli  xalqaro  tashkilotlarga 
to‘laqonli a’zo sifatida kirishiga, suveren davlatimizning dunyo 
miqyosida umumiy diplomatik tan olinishiga, ikki tomonlama 
va  ko‘p  tomonlama  siyosiy,  iqtisodiy,  madaniy  va  huquqiy 
aloqalar o‘rnatishiga hamda mustaqil tashqi siyosatini amalga 
oshirishiga imkon berdi.
14  Bradley  A.W.,  Ewing  K.D.  Constitutional  and  Administrative  Law.Pearson 
Education Limited 2011. – P. 316



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling