I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
54 55 konstitutsiyaviy tamoyil so‘zsiz ta’mmlanishi shart “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan masalaga alohida to‘xtalib o‘tdilar 11 . Konstitutsiyadagi ushbu moddaning kafolatlari O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtlarda amalga oshirilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar, islohotlar bilan belgilanadi. Bunday islohotlardan ko‘zda tutilgan eng asosiy maqsad inson va jamiyat farovonligi ekanligi hech kimga sir emas, albatta. Qonuniylik prinsipi deganda, avvalo, qonunlarni va uning asosida qabul qilingan boshqa huquqiy hujjatlarni davlat organlari mansabdor shaxslar, fuqarolar tomonidan aniq va og‘ishmay bajarilishi lozimligi tushuniladi. Bu davlat tuzumidagi demokratizmning ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, hammaning qonun oldida tengligini o‘rnatadi. Qonuniylik prinsipi qonunlarni yuridik hujjatlar tizimida oliy kuchga egaligini, barcha uchun barobarligini, jamiyat a’zolarining barchasi uchun majburiyligini anglatadi. Shu bilan birga, bu prinsip fuqarolarning huquq va erkinliklari og‘ishmay ta’minlanishi, fuqarolarga nisbatan davlat organlari va mansabdor shaxslarning qandaydir o‘zboshimchaligiga yo‘l qo‘ymasligi, fuqarolarning jamiyat, davlat oldidagi majburiyatlari qat’iy bajarilishi lozimligini ham nazarda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, qonuniylik prinsipi o‘z maqsad va mohiyati bilan xalq manfaatlariga xizmat qiladi. Qonun ustuvorligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar 2017- yil 7-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF- 11 Konstitutsiya - erkin va farovon xayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. //O’zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning O’zbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi kabul kilinganining 25 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Xalq so’zi, 2017-yil 9-dekabr. bоshqаrishi yoki qоnun bilаn idоrа qilishi vа tаshkil etuvchi qоidаlаr to‘plаmidir. 10 O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan mazkur qoida davlatimiz faoliyatining eng asosiy prinsiplarini belgilab beradi. Bu juda muhimdir. Chunki davlat o‘z faoliyati bilan inson va jamiyat taqdirini belgilashi mumkin. Ayniqsa, hozirgi vaqtda jamiyat davlatsiz yashay olmasligi hammaga ayon bo‘lib qoldi. Davlatimizning jamiyat hayotida tutgan o‘rnini belgilashda uning vazifalariga, funksiyalariga alohida e’tibor berish kerak. Davlatning qanday vazifalarni, funksiyalarni amalga oshirishiga, boshqacha qilib aytganda, davlat faoliyatiga qarab uning mohiyatiga baho beriladi. Agar davlat o‘z faoliyatini, avvalo, inson va jamiyat manfaatlarini himoya qilishga qaratgan bo‘lsa, uni ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirib borsa, unday davlatni adolatli, demokratik deyish mumkin. Shu bois Konstitutsiyaning 14-moddasida o‘rnatilgan me’yor O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy adolat tantana qilgan jamiyat, xalq hokimiyatchiligi qaror topgan davlat ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi desak, aslo yanglishmaymiz. Chunki mazkur modda alohida ravishda inson va jamiyat farovonligini, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplarini davlat faoliyatining ajralmas qismi sifatida e’tirof etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Konstitutsiya qabul qilinganligining 25 yilligi munosabati bilan so‘zlagan ma’ruzasida, “davlat organlarining kundalik faoliyatida inson huquq va erkinliklari ustuvorligiga oid 10 Bradley A.W., Ewing K.D. Constitutional and Administrative Law.Pearson Education Limited 2003. – P. 4 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling