I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
52
53
Konstitutsiyamiz  O‘zbekistonda  erkin  fuqarolik  jamiyati, 
ya’ni  xalqning  o‘zi  bevosita  boshqaradigan  jamiyat  va 
demokratik  huquqiy  davlat  qurishni  asosiy  maqsad  qilib 
qo‘yadi.  Unda  jami  dunyoviy  ne’matlar  orasida  eng  ulug‘i 
“inson” ekanligi yorqin mujassamlashtirilgan.
Konstitutsiyamiz  Inson  huquqlari  to‘g‘risidagi  xalqaro-
huquqiy  me’yorlar  asosida  ishlab  chiqilgan  va  aytish 
mumkinki, uni yanada to‘ldirgan. Masalan, Konstitutsiyaning 
13-moddasi fikrimizga dalil bo‘lishi mumkin. Ushbu moddada 
“Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”da e’lon qilingan 
umuminsoniy  huquqlar  oliy  qadriyat  darajasiga  ko‘tarilgan. 
Ma’lumki,  “Inson  huquqlari  Umumjahon  deklaratsiyasi” 
insonlarning  ajralmas  va  daxlsiz  huquqlarini  e’lon  qilib, 
quyidagilarni belgilaydi: “Barcha odamlar erkin, qadr-qimmat 
va  huquqlarida  teng  bo‘lib  tug‘ilganlar”(2-modda);  “Har 
bir  inson  yashash,  erkinlik  va  shaxsiy  daxlsizlik  huquqiga 
egadir”(3-modda);  “Hech  kim  qullikda  yoki  qaramlikda 
saqlanishi mumkin emas, qulchilik va qul savdosining barcha 
turlari ta’qiqlanadi” (4-modda) va hokazo.
Konstitutsiyamizning 13-moddasida esa inson, uning hayoti, 
erkinligi,  sha’ni,  qadr-qimmati  va  boshqa  daxlsiz  huquqlari 
oliy qadriyat hisoblanadi, degan norma mustahkamlangan. Bu 
O‘zbekistonning  umumbashariy  insonparvarlik  qoidalariga 
asoslangan davlat ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonni demokratik davlat sifatida tavsiflovchi yana 
bir qoida Konstitutsiyaning 14-moddasida belgilangan. Unga 
muvofiq, “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini 
ko‘zlab,  ijtimoiy  adolat  va  qonuniylik  prinsiplari  asosida 
amalga oshiradi”.
Kоnstitutsiya  eng  оliy  kuchgа  egа  аlоhidа  tаrtibdа  qаbul 
qilinаdigаn dаvlаtning аsоsiy qоnunidir. Zаmоnаviy til bilаn 
аytgаndа,  kоnstitutsiya  mаmlаkаtning  butun  bоshqаruv 
tizimini  аnglаtuvchi  kеng  tushunchа  bo‘lib,  hоkimiyatni 
bitta  dunyoqarashning  yakkahokimligidan  qat’iyan  voz 
kechildi.
Konstitutsiyamizning  aynan  shu  moddasi  jamiyatimizda 
turli sinf, toifa, millat va elatlarning manfaatlarini ifodalovchi 
siyosiy partiyalar, uyushmalar va ularning mafkuralari bo‘lishi 
mumkinligini qonuniy mustahkamlaydi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.  Mirziyoyev 
2017-yil  iyuldagi  Oliy  Majlis  palatalari,  siyosiy  partiyalar 
hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan o‘tkazgan 
uchrashuvda quyidagi fikrlarga to‘xtalib o‘tgan edilar: “Bugun 
zamonning  o‘zi  siyosiy  partiyalarning  ish  uslubini  tubdan 
o‘zgartirish, ularning aholi, elektorat bilan muloqotini tizimli 
yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda. Endi “mudrab yotgan” siyosiy 
Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling