I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
42
43
va  qonuniy  mustahkamlovchi  muhim  qoidadan  boshlanadi. 
Konstitutsiyaning  1-moddasida  “O‘zbekiston  -  suveren 
demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” 
va  “O‘zbekiston”  degan  nomlari  bir  ma’noni  anglatadi”,  deb 
belgilangan.
O‘zbekistonda davlatning boshqarish shakli respublikadir. 
Respublika - xalq hokimiyati demakdir. Respublika - eng asosiy 
umuminsoniy  huquqiy  boyliklardan  biridir.  Boshqaruvning 
respublika shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab 
berishni,  qonun  chiqaruvchi  va  ijroiya  organlarining  saylab 
qo‘yilishini anglatadi.
Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat 
qiladi.  Davlat  organlari  va  mansabdor  shaxslar  jamiyat  va 
fuqarolar oldida mas’uldirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 3-moddasiga 
muvofiq,  O‘zbekiston  Respublikasi  o‘zining  milliy-davlat  va 
ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv 
organlarining  tizimini  belgilaydi,  ichki  va  tashqi  siyosatini 
amalga oshiradi.
O‘zbekistonning  davlat  chegarasi  va  hududi  daxlsiz  va 
bo‘linmasdir.
“O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
O‘zbekiston  Respublikasi  o‘z  hududida  istiqomat 
qiluvchi  barcha  millat  va  elatlarning  tillari,  urf-odatlari 
va  an’analari  hurmat  qilinishini  ta’minlaydi,  ularning 
rivojlanishi uchun sharoit yaratadi” (O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 4-moddasi).
1989-yilning  21-oktabrida  ona  tilimizga  davlat  tili 
maqomining berilishi mustаqillik uchun qo‘yilgan eng muhim 
qadamlardan  biri  bo‘ldi.  1995-yil  “Davlat  tili  to‘g‘risida”gi 
Qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
Endilikda o‘zbek tilida idora ishlari, hujjatlar olib borilmoqda. 
O‘zbek tilida qonunlarimiz yozilmoqda, davlat hujjatlari, ilmiy 
hech  kim  bilan  bo‘lishmaydi.  Hokimiyatni  Konstitutsiyaning 
7-moddasida  nazarda  tutilmagan  tartibda  o‘zlashtirish, 
hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, 
davlat  hokimiyatining  yangi  va  muvoziy  tarkiblarini  tuzish 
g‘ayrikonstitutsiyaviy  hisoblanadi  va  qonunga  binoan 
javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
Xalq  davlat  hokimiyatining  birdan-bir  manbayidir  uning 
xohish-irodasi  davlat  siyosatini  belgilab  beradi.  Bu  siyosat 
inson  va  jamiyatning  farovonligini,  O‘zbekiston  barcha 
fuqarolarining  munosib  turmushini  ta’minlashga  qaratilgan 
bo‘lishi  kerak.  Hokimiyat  kimnidir  boshqarishni,  uning 
xohish-irodasini  o‘ziga  qaratishni  anglatadi.  Hokimiyat  - 
ijtimoiy  hodisa.  U  kishilik  jamiyatining  yuzaga  kelishi  bilan 
paydo bo‘ladi va barcha insonlar jamiyatida mavjuddir, chunki 
barcha insonlardan jamiyatni turli vosita va ehtiyojlar orqali 
boshqarishni ta’minlash talab qilinadi.
Millat suvereniteti - Zamonaviy Konstitutsiyaviy huquqda, 
davlat  va  xalq  suverenitetidan  tashqari,  har  bir  millatning 
o‘z  taqdirini  belgilash  huquqi  sifatida  tushunilgan  milliy 
suverenlik  tushunchasi  shakllandi.  Milliy  suverenitetning 
mazmuni millatning suvereniteti va uning tashkiliy-huquqiy 
jihatdan  boshqa  xalqlar  bilan  munosabatlarining  shaklini 
tanlashda siyosiy erkinligi nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda  huquqiy  demokratik  davlat  shakllanishi 
bilan bir qatorda milliy qonunchilikning rivojlanish va amal 
qilish  jarayonlari  chuqurlashib  bormoqda.  O‘zbekistondagi 
mavjud  qonunchilik  tizimi  umumiy  qabul  qilingan  xalqaro 
majburiyatlarga  muvofiq  rivojlanmoqda.  U  xalqaro  huquq 
bilan  davlat  ichki  huquqining  mushtarakligi,  umume’tirof 
etilgan xalqaro standartlar, shartnomalar va konvensiyalarni 
mustahkamlash asosida takomillashib borayapti.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi “O‘zbekiston 
-  suveren  demokratik  respublika”  ekanligini  e’lon  qiluvchi 



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling