I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
40
41
tushunchalar ichida xalq suvereniteti birlamchi hisoblanadi. 
Milliy suverenitetga har doim millatga doir xususiyat sifatida 
yondashib bo‘lmaydi, buni ko‘p millatlarning teng huquqiyligi 
nuqtayi  nazaridan  tushunish  kerak.  Davlat  suvereniteti  - 
davlatning  emas,  balki  davlat  hokimiyatining  ustuvorligi  va 
mustaqilligidir. “Davlat” va uning “hokimiyati” turli tushuncha 
va kategoriya hisoblanadi.
Davlat  suvereniteti.  Davlat  suvereniteti  mamlakat 
ichkarisida  va  tashqarisidagi  davlatning  faoliyati  yordamida 
amalga  oshiriladi.  Davlat  suverenitetining  ushbu  ikki  jihati, 
ya’ni:  birinchidan,  davlat  hokimiyatining  mamlakat  ichida 
ustuvorligi,  ikkinchidan,  boshqa  davlatlaming  suveren 
huquqlari va umume’tirof etilgan xalqaro huquq tamoyillari va 
me’yorlariga rioya qilgan holda tashqi aloqalarda mustaqilligi 
- yaxlit va ajralmasdir.
Dаvlаt  suvеrеnitеti  Insоn  huquqlаri  Umumjаhоn 
dеklаrаtsiyasining  хаlqаrо  tizimi  ustunidа  qоlmоqdа. 
Shuningdеk,  insоn  huquqlаr  хаlqаrо  shаrtnоmаlаrdаn  ko‘rа 
dеmоkrаtik  dаvlаtlаr  kоnstitutsiyalаridа  yaхshirоq  himоya 
qilingаn
6
.
Davlat  suvereniteti  kengaytirilishi  ham,  kamaytirilishi 
ham  mumkin  emas,  chunki  unga  nisbatan  bevosita  sanoq, 
mezonlarini  umuman  qo‘llab  bo‘lmaydi.  Davlat  suvereniteti 
davlatning suveren huquqi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin emas, 
biroq shu bilan birga, aynan suveren huquqlarning to‘liqligi 
bilan ta’minlanadi.
Xalq suvereniteti. Xalq suvereniteti xalqning o‘z hokimiyatini 
o‘zi  mustaqil,  tegishli  Konstitutsiyaviy  mexanizmlari 
vositasida o‘z manfaatlari yo‘lida amalga oshirishini anglatadi. 
Xalq  ijtimoiy  hayotning  barcha  jabhalarida  hokimiyatning 
to‘la  sohibi  sifatida  maydonga  chiqadi  va  u  hokimiyatni 
6 Michael Ignatieff, Human Rights: The Midlife Crisis, N.Y. REv. oF BooKs, May 20, 
1999, at 62.
bir  davlat  xalqaro  munosabatlarning  boshqa  ishtirokchilari 
suverenitetini, ya’ni ularning o‘z an’analari doirasida boshqa 
davlatlarning har qanday aralashuvidan xoli ravishda qonun 
chiqarish,  ijro  etish  va  sud  hokimiyatini  amalga  oshirish, 
shuningdek, o‘z tashqi siyosatini mustaqil yuritish huquqini 
hurmat qilishga majburdir.
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  muvofiq, 
O‘zbekiston  Respublikasi  dеmokratik  davlatdir.  Davlatning 
demokratikligi, avvalo, uning xalqparvarligini ta’minlanishida, 
davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyatiga bo‘linishida, mafkuraviy va siyosiy hurfikrlilikda, 
fuqarolarning  mahalliy  o‘zini  o‘zi  boshqarishida  o‘z  aksini 
topadi.  Binobarin,  O‘zbekistonda  davlat  hokimiyatining 
manbayi xalqdir. Bu davlatning xalqchilligini, demokratikligini 
anglatadi.

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling