I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq


O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi


Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/285
Sana05.01.2022
Hajmi1.46 Mb.
#233837
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   285
Bog'liq
2 5411444856344021189

O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi:
• inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiqlik;
•  hozirgi  va  kelajak  avlodlar  oldida  yuksak  mas’uliyatni 
anglash;
• o‘zbek davlatchiligi an’analariga tayanish;
• demokratiya va ijtimoiy adolatga sodiqlik;
•  xalqaro  huquqning  umume’tirof  etilgan  qoidalarini  tan 
olish;
• fuqarolarning munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga 
intilish;
huquqiy davlat barpo etish;
• fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlashni maqsad 
qilindi.  Hech  kim  fikrlari  uchun  hech  qanday  quvg‘inga, 
taziqqa uchramadi. Shu davrda o‘zini muxolif sanovchi guruh 
va shaxslarga ham o‘z fikrlarini erkin bildirish imkoni berildi. 
Konstitutsiyaning umumxalq muhokamasida 6 mingdan ortiq 
taklif-mulohazalar bildirildi. 
Loyihadagi  127  moddadan  60  tasiga  tuzatish  va 
o‘zgartirishlar kiritildi. Dastlabki matndan 4 modda chiqarib 
tashlandi  va,  o‘z  navbatida,  yangi  moddalar  kiritildi.  Oliy 
Kеngash  sessiyasida  ham  loyiha  kеng  muhokama  qilinib, 
deputatlar  tomonidan  80  ga  yaqin  o‘zgartirish,  qo‘shimcha 
va  aniqliklar  kiritildi.  Amaldagi  Konstitutsiyamiz  xalq  ijodi, 
huquqiy  ongi  va  madaniyati,  donoligi,  tafakkuri  mahsulidir. 
Konstitutsiyaning asosiy ijodkori, o‘z egasi xalqdir.
Jahon  tajribasida  Konstitutsiya  qabul  qilishning 
ikki  demokratik  usuli  mavjud.  Birinchisi,  tayyorlangan 
Konstitutsiya  loyihasi  referundum  (umumxalq  ovozi)ga 
qo‘yilib, xalq tomonidan qabul qilinadi (Rossiya, Qozog‘iston 
Konstitutsiyalari  shunday  yo‘l  bilan  qabul  qilingan). 
Ikkinchi usulda Konstitutsiya davlatning Oliy vakillik organi 
(qonunchilik organi — parlament) tomonidan qabul qilinadi.
Bizda  ana  shu  ikkinchi  usul  tanlanib,  Konstitutsiyamiz 
O‘zbekiston  Oliy  Kеngashida  qabul  qilindi.  Oliy  Kеngash 
deputatlari  -  xalq  vakillari  bo‘lganligi  uchun  bu  tartibda 
Konstitutsiya  qabul  qilish  ham  demokratik  bo‘lib,  xalqning 
hech qanday manfaati buzilmaydi.
Konstitutsiya  davlatning  asosiy  qonuni  bo‘lgani  uchun 
hamma  mamlakatlarning  Konstitutsiyalarida  umumiylik, 
o‘xshashlik mavjud bo‘lishi tabiiy holdir. Shu bilan birgalikda, har 
bir mamlakat Konstitutsiyasida farqlar, o‘ziga xos xususiyatlar, 
albatta,  bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  bir  mamlakatning  o‘zida 
turli  davrlarda  qabul  qilingan  Konstitutsiyalarda  ham  katta 
farqlar mavjud.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling