I. T. Pаlvаnоv kоnstitutsiyaviy huquq
Download 1.46 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5411444856344021189
KОNSTITUTSIYAVIY HUQUQ
238 239 bir necha hujjatlarda saylovlarga taalluqli umumiy talablar, standartlar ko‘rsatib o‘tilgan. Xalqaro hujjatlardan tashqari, bir necha mintaqaviy hujjatlarda ham saylov standartlari qayd etilgan. Jumladan, Inson huquqlari va asosiy erkinliklarning himoyasi bo‘yicha Evropa Konvensiyasi (1952), “Kopengagen anjumani hujjatlari”, “Parlamentlararo Ittifoqi Kengashining “Erkin va adolatli saylov mezonlari to‘g‘risida”gi Deklaratsiya” (1994). Lekin birorta-bir xalqaro hujjat yoki mintaqaviy hujjat xalqaro saylov standartlarini bir tizimga solib bermagan, shuningdek, standarllar faqat shular degan qat’iy tushuncha ham yo‘q. Bu tabiiy hol, albatta. Saylovlarning rivojlanishi, ya’ni saylov texnologiyalari rivojlanishi, standartlar tizimining ham kengayib borishini ko‘rsatadi. Yuridik adabiyotlarda, manbalarda standartlar haqida bir xil fikr yo‘q. Ayrim adabiyotlarda standartlar sifatida erkinlik, adolatlilik, haqiqiylik ko‘rsatilsa, ba’zi mualliflar saylovlardagi ochiqlikni xalqaro standartlar qatoriga kiritadi. Saylovlarning erkin o‘tishi. Saylovlarning erkin o‘tishi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyada va Saylov kоdеksida belgilangan. Erkin saylov deb saylovchilarga biror- bir tarzda bosim o‘tkazilmaydigan sharoitlarda o‘tkazilgan saylovlarni hisoblash mumkin. Saylovlarga biror-bir bir tazyiq o‘tkazish, qo‘rqitish yo‘l qo‘yilmaydigan saylovlarni erkin saylov deyiladi. Erkin saylov - saylovning prinsipi - teng saylovni to‘la ro‘yobga chiqaruvchi shart hamdir. Erkin saylov natijasidagina saylovchilar o‘z xohish-irodasini ixtiyoriy amalga oshira oladi. Uning natijasida barcha saylovchilarga teng imkoniyat yaratiladi. Saylovchining erkin saylovda qatnashganligi yoki qatnashmaganligi uchun biron bir tarzda manfaatiga zarar etishiga yo‘l qo‘ymaydi. Erkin saylov natijasida fuqaro saylovlarda boshqa qonuniy erkinliklardan ham (so‘z erkinligi, fikr erkinligi, axborot olish, vaqt sinovdan o‘tgan, ko‘pchilik e’tirof etgan qoidalardir. Ular demokratiyaning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib, ayniqsa, saylov o‘tkazishda muhim ahamiyatga ega” 42 . Hozir biror-bir davlat faqat o‘zida mavjud tartib, qoidalar bilan saylov o‘tkazmaydi. Hozirgi kunda bir nechta xalqaro hujjatlarda saylovga taalluqli umumiy qoidalar, talablar belgilangan bo‘lib, ularni chetlab o‘tish mumkin emas, aks holda, saylovlar demokratik hisoblanmaydi va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmaydi. Xalqaro standartlarning huquqiy asoslari xalqaro hujjatlarda, mintaqaviy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan. Saylovlarda qo‘llaniladigan xalqaro standartlar saylovlarga qo‘yiladigan bir xil talablar bo‘lib, ular saylov huquqi prinsiplarini yanada to‘liq namoyon bo‘lishini, qo‘llanilishini ta’minlaydi. Saylovlarining xalqaro standartlari quyidagi xalqaro va mintaqaviy hujjatlarda belgilangan: Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasi (1948- yil 10-dekabr) “Fuqarolarning siyosiy va fuqarolik huquqlari to‘g‘risida”gi pakt (1966-yil 16-dekabr). “Irqiy kamsitishlarning barcha shakllarni tugatish to‘g‘risida”gi xalqaro deklaratsiya (1966-yil 7-mart). “Ayollarga nisbatan kamsitilishlarga barham berish to‘g‘risida”gi deklaratsiya (1967-yil 7-noyabr) “Ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya (1952-yil 20-dekabr). Muntazam va haqiqiy saylov prinsiplarini samaradorligini oshirish haqidagi BMT rezolyutsiyasi (1991-yil 17-dekabr). Bundan tashqari yana BMT tomonidan tashkil qilingan 42 Хусанов О. Сайловларга қўйиладиган халқаро талаблар ва уларнинг Ўзбекистон қонунчилигида мустаҳкамланиши. Демократик сайловлар ўтказишнинг халқаро стандартлари ва Ўзбекистн қонунчилиги. (Халқаро конферанция материаллари), -T., 2009. -Б.39. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling