I texnologik qismi 6 I payvandlanayotgan buyumning tavsifi 6
Download 309.35 Kb.
|
Рахмаоналиев Шодиербек БМИ 23,05,2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
MundarijaKirish 2 I. TEXNOLOGIK QISMI 6 I.1. Payvandlanayotgan buyumning tavsifi 6 I.2. Payvandlash usulini tanlash 8 I.3. Kam uglerodoli po’latlarni payvandlash mohiyati 14 I.4. Payvandlash materiallarini tanlash 16 Legirlovchi elementlarning belgilanishi 16 I.5. Buyumni payvandlash rejimi hisobi 18 I.6. Payvandlash jihozlarini tanlash 19 I.7. Buyumni yig’ish va payvandlash texnologik jarayoni 26 II. KONSTRUKTORLIK QISMI 28 II.1. Buyumni payvandlash uchun moslama 28 III. SIFAT NAZORATI 37 III.1. Payvandlangan metall nuqsonlari 37 III.2. Buyumni payvandlash texnologik jarayonini nazorati 40 III.3. Sifat nazorati usullari 42 III.4 Payvandlash va yig’ishdagi nuqsonlar. 43 IV. XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 45 V. EKOLOGIK QISMI 51 VI. IQTISODIYOT QISMI 54 VII.Umumiy xulosalar 63 VIII.Ishlatilgan adabiyotlar ro’yxati 65 Kirish «Energetika, neft-gaz, geologiya, trasport, sanoat, yo’l qurilishi … hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohatlar boshlandi»» O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev Mavzuning dolzarbligi . 1802 yilda rus olimi akademik V.V. Petrov birinchi bo’lib yoy zaryadsizlanishini tadqiqot qildi va ochdi. 1803 yilda u tomonidan «Galvanik-voltli tajribalar haqida yangilaklar» kitobida, yoyli zaryadsizlanish yordamida metall erishini bayon qilgan. Yoyli zaryadsizlanish yuqori darajali issiqliq ma’nbai va yuqori darajada yorituvchanligi bilan amaliy qo’llanishga tez kiritilmadi, chunki, yoy ta’minlanishi uchun zarur bo’lgan tok kuchlanishini yetkazib beruvchi manba yo’k edi. Bunday manbalar faqatgina XIX asr oxirida paydo bo’ldi. Yoy zaryadsizlanish ochilishi davriga elektrotexnika endigina tashkil etilayotgan edi, elektrotexnik sanoati yo’k edi. 1821 yilda ingliz yetakchi fizigi M. Faradey elektromagnetizmni eksperimental tadqiqot qilishida elektromagnit induksiyani ochdi va shu orqali elektryurutuvchi va elektr generatorni qurilmalar prinsipini ishlab chiqdi. Ingliz fizigi D. Maksvell matematik xisoblashlar bilan jarayonda xosil bo’ladigan elektromagnit maydon xususiyatlariga tadqiqotlar natijasida tenglama ishlab chiqdi. 1870 yilda fransuz olimi Z.T. Gramm mexanik elektromagnit mashina uchun uzukli langar ishlab chiqdi, bu elektr generator vazifasini bajarishi mumkin, uning ishi mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirib beradi. 1882 yilda rus injeneri N. N. Benardos erimaydigan ko’mir elektrod bilan elektryoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. O’zining ixtirosiga N.N. Benardos «Elektrogefest» nomini berdi. 1986 yilda u «Elektr tok ta’siri yordamida metallarni biriktirish va ajratish usullari» ga rus patentini oldi. N.N. Benardos yoyli payvandlash texnologiyasini va payvand birikmalar turlarini ixtiro qildi (uchma-uch, ustma-ust va b.), bular xozirgi kunda ham ishlatilmoqda; qalin metallarni payvandlanganda u payvand birikmani yonboshlab joylashtirish usulini qo’llagan. Yupqa tunuka listlarni payvandlashda, payvand birikmani tayyorlash list chekasini bortini chiqarib payvandlashga tayorlangan. Payvandlash sifatini oshirish uchun ular flyus ishlatishar edi: po’latlarni payvandlashda – kvarsli kum, marmar; misni payvandlashda – bura va nashatыr. 1888-1890 yillarda rus injeneri N.G. Slavyanov eriydigan elektrod metall bilan yoyli payvandlashni taklif etdi. XX asr boshlarida yoyli elektr payvandlash metallarni biriktirishda yetakchi sanoat usuli bo’lib qelmoqda. Fransuz olimi Anri Lui Le Shatele gaz aralashmalarini yonishini tadqiqot qilish natijasida gaz yordamida payvandlashni ishlab chiqdi. 1895 yilda u fransuz fanlar akademiyasiga asetilen va kislorod aralashmasi yordamida yuqori xaroratli alanga xosil qilish haqida xisobot berdi. XX asr boshlarida birinchi marta yonuvchi gazlarni kislorod aralashmasida payvandlash uchun qo’llanib ko’rildi. Birinchi asetilen-kislorod gorelkasi konstruksiyasini Edmon Fushe ishlab chiqdi, unga Germaniyada 1903 yilda patent oldi. 1904 yilda Fransiyada kesish uchun asetilen-kislorod gorelkasini qo’llashni sinab ko’rishdi. Birinchi bo’lib gaz yordamida payvandlash 1906 yilda Moskva texnik uchiliщesida amlga oshirildi. 1911 yildan boshlab Rossiyada avtogen ishi rivojlanish pioneri bo’lib Peterburgdagi «Perun» zavodi xisoblanadi, bu zavodda gaz payvandlash va kesish uchun apparatura tayyorlanadi va birinchi gaz payvandchilar o’qitilar edi. Elektr yoy yordamida payvandlash, mexanizatsiyasi, avtomatizatsiyasi jarayonlari sohasida asosiy xizmatlar Ukrainalik olim akademik Ye.O. Patonga tegishli. Ikkinchi jaxon urushi davrida flyus ostida avtomatik payvandlash mudofaa zavodlarida tank va artilleriya qo’rollarini ishlab chiqishda katta axamiyatga ega edi. Payvandlash – metallar, qotishmalar va turli materiallarni plastik deformatsiyalash yoki birikilayotgan qismlar orasini qizdirish bilan atomlararo birikish natijasida ajralmas birikma hosil qiluvchi texnologik jarayondir. Sanoatning jadal rivojlanishi va texnikaning xamma sohalaridagi metallarni payvandlashda: termit aralashmalar, elektron nur, lazer, yuqori xaroratli plazma, ultratovush va boshqa yangi effektiv payvandlash usullari ko’llaniladi. Download 309.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling